Xerardo Martino “Barselona”ni tark etishi mumkin
26 fev 2014 15:40
Yangiliklar


Xerardo Martino “Barselona”ni tark etishi mumkin
“Barselona” klubining amaldagi bosh murabbiyi Xerardo Martino mavsum so'ngida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi ispan OAV.
Kataloniyaliklar klubi rahbariyati jamoaga bosh murabbiylar bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlar nomiga ham aniqlik kiritib bo'ldi, deb xabar beradi Sport.es.
SHunday qilib Martinoning o'rniga “Barselona”ga Yurgen Klopp (“Borussiya” Dortmund), Diego Simeone (“Atletiko”), Ernesto Valverde (“Atletik”), Luis Enrike (“Selta”) yoki Andre Villash-Boash kelishi mumkin.
Takidlab o'tish kerak, Xerardo Martinoning “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2015-yilgacha mo'ljallangan.

Fikrlar