So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

Xerar Pike: “Bernabeu”dagi hushtakbozlik quloqlarim uchun musiqa kabidir” Yangiliklar

Xerar Pike: “Bernabeu”dagi hushtakbozlik quloqlarim uchun musiqa kabidir”

Teglar :  Xerar Pike
“Barselona” himoyachisi Xerar Pike siyosiy qarashlari tufayli yuzaga kelgan vaziyatni sharhlab o'tdi.

Ispaniya – Slovakiya uchrashuvida hushtakbozlikka duch kelgan Pikeni La Liga rahbariyati va futbolchilar qo'llab-quvvatlashdi. Ispaniyalik ishqibozlar bilan uning kelisha olmasligi himoyachining Kataloniya mustaqilligini qo'llashi bilan bog'liq.


– Terma jamoada duch kelgan holatdan keyin o'zingizni qanday his qilyapsiz?

– O'zimni juda yaxshi his etyapman. Sport natijalari bo'yicha terma jamoada ikki uchrashuvni ajoyib o'tkazdim. Men ijobiy narsalarni qidiradigan va quvnoq insonman. Bo'sh vaqtimga kelsak, kecha qo'ziqorin terdim. Uch savatcha yig'dim. Bugun esa yanada ko'proq bo'ladi, chunki yomg'ir yog'moqda. Hozir diskvalifikaciya muddati tugab, maydonga qaytishimni kutyapman.

– Sizga qarata tribunalardan hushtakbozlik bo'layotgani haqida nima deysiz?

– O'z fikrimni bildirishim mumkin, biroq buni hushtak chalayotgan insonlardan so'ragan yaxshiroq. Bu mening “Real” bilan qarama-qarshilik to'g'risida aytgan gaplarim bilan bog'liq bo'lsa kerak. Har holda, men shunday o'ylayman. Birinchi marta Kataloniya mustaqilligi kunida marshda qatnashmayapman, avval hech kim terma jamoaga qaytganimda norozilik bildirmagan. SHu sababli muxlislarning bu munosabati Ispaniya va Kataloniya o'rtasidagi munosabat bilan bog'liq deb o'ylamayman. Ispaniya terma jamoasiga sodiqligimga shubhalanish kerak emas. 15 yoshimdan, 2003 yildan terma jamoa uchun o'ynab kelyapman. Hamisha bor kuchimni ishga solganman. Meni shundayligimcha qabul qiladigan insonlar va aksincha. Biroq ular ko'nikishlari kerak – men o'zgarmayman. “Real” bilan raqobatni nazarda tutyapman. “Santyago Bernabeu”da hushtak chalishsa, bu quloqlarim uchun simfoniya kabi yangraydi.

– Serxio Ramosning Makedoniya bilan o'yindan keyingi izohiga qanday qaraysiz?

– Hozir u bilan yaxshi munosabatdamiz, boshida unchalik chiqisha olmasdik. Masalan, Makedoniya bilan o'yin arafasida asosiy tarkib futbolchilari Kasilyasning xonasiga kelishdi. Bu ananaga aylangan. U erda Ramos bilan turli mavzuda uzoq suhbatlashdik, lekin oxirgi yoqimsiz holatlarni esga olmadik. Unga mikst zonada meni himoya qilgani uchun rahmat aytaman. Bunday buyuk futbolchilar bilan birga o'ynash men uchun juda qulay.

– Yuzaga kelgan holat sababli aziyat chekdingizmi?

– To'g'risi, meni ko'proq bu vaziyat jamoa va murabbiyga qanday tasir qilishi tashvishga soladi. Faoliyatim davomida menga turli stadionlarda hushtakbozlik qilishgan. Odamlarda o'z fikrini bildirish huquqi bor, bazilar buni hushtak bilan amalga oshiradi. Biroq muhimi so'zlar emas, faktlar. Har safar murabbiy terma jamoaga taklif etganda maydonda bor kuchimni qoldirishga intilaman. Bu vaziyatda faqat terma jamoa va jamoadoshlarim uchun bezovta bo'laman.

– Bu yog'iga nima bo'ladi?

– Vaziyat yaxshi tarafga o'zgarishi mumkinligini bilmayman. Agar yana sovrinlar yutishni xohlasak, birlashishimiz lozim. Hammada odamlar menga nega hushtak chalayotgani uchun fikri bor. Buni aytish demokratiyaga xos. Holat yaxshilanishi uchun bor kuchimni ishga solaman. Lekin bu erda barchasi menga bog'liq emasligi ravshan.

– Bo'lgan voqeadan afsusdamisiz?

– Hech narsadan afsuslanmayman. UEFA Superkubogidagi g'alabadan keyin men shunchaki hazillashdim. Pikening hazili. Ammo har doim “Real”ga mag'lubiyat tilayman. Fikrim hech qachon o'zgarmaydi. Buni ming marta qaytarishga tayyorman. O'tgan mavsumda CHempionlar ligasi finaliga chiqqanimizda, “Real” bilan duch kelishni istagandim. “Yuventus” bilan ularning o'yinini Buffonning libosida tomosha qilganman. “Real”ni ko'ra olmasligim bu klubda ajoyib do'stlarga ega bo'lishimga xalal bermaydi. Iker va Sara men hamda SHakiraga ikkinchi farzandimiz tug'ilganda atirgullar yuborishdi. Bu “Real”ning “Atletiko” bilan o'ynashidan bir kun avval bo'lgandi. Men Kasilyasga minnatdorchilik bildirdim, lekin “Visente Kalderon”da 4ta to'p o'tkazib yuborishini tiladim. SHunday holat ro'y berdi. Keyin Iker bilan uchrashib, o'sha gapim sababli kulishdik. Lekin bizda doim ajoyib munosabat bo'lgan. Aytganimdek, terma jamoa o'yini oldidan uning xonasida yig'ilamiz. Kiyinish xonasida bir kuchga aylanamiz. G'alabaga faqat shunday yo'l bilan erishish mumkin.

– Terma jamoaga sodiqligingizga shubhalanganlarga nima deysiz?

– Terma jamoada 2003 yildan beri o'ynayman. 2009 yil asosiy jamoa uchun Sevilyada debyut qilganman. 70 uchrashuv o'tkazdim. Evropa va jahon chempioniga aylandik. Qandaydir shubha bo'lishi mumkinmi? Jamoaning inoqligiga ishonishlari uchun yana nima qilish lozim? O'zimni himoya qilish uchun nimadir aytishim kerak deb o'ylamayman, chunki biror yomon narsa qilmadim.

– Ispaniya terma jamoasini tark etishni taklif etishsa, bunga rozi bo'lasizmi?

– Yo'q. Bu men qiladigan oxirgi narsa bo'ladi. Murabbiy menga ishonar ekan, unda o'ynayveraman. Jamoaga pand bermayman. Bunday holatga hamma tushib qolishi mumkin.

– 27 sentyabrga mo'ljallangan Kataloniya avtonom saylovining ertasiga qanday holat ro'y berishi mumkin?

– Qiyin vaziyat. Tarix bizni insonlar quloq solishga moyilligini ko'rsatadi. Bu barchaga o'z fikrini bayon etish uchun qulay imkoniyat. Saylov natijalari qanday tan olinishini ko'ramiz. Bu safar qancha odam ko'chaga chiqishini bilmayman, lekin o'tgan gal 1,8 millioncha odam chiqqandi. Bu hech yo'g'i bizni eshitishlari uchun etarli deb o'ylayman.

– Luis Suares qanday o'ynayapti?

– U ayni paytda jahondagi eng yaxshi markaziy hujumchi.

– “Atletik” bilan o'yindagi qizil kartochkangiz haqida ko'p o'yladingizmi?

– Ha. Bunday javob qaytarmasligim kerak bo'lganini tushunaman. O'zimni jilovlay olmaganimdan afusdaman.

– “Barselona” kiyinish xonasida o'zingizni qulayroq his qilasizmi?

– Yo'q, odatdagidek. Klub va terma jamoada o'zimni qulay, bir xil his qilaman. Albatta, “Barselona” uchun ko'p yillar o'ynayotganimda omadliman.

– Kataloniya terma jamoasi uchun o'ynagan bo'larmidingiz?

– Ehtimoliy narsalar haqida gapirmayman, bu mening qo'limda emas. Ispaniya termasida o'ynayman va bu to'g'ri. Buni pul yoki mashhurlik uchun qilmayman – “Barsa”da 50 baravar ko'proq pul topaman, ikki marta treblga erishdim. Hozir terma jamoada muhit har doimgidan ham yaxshiroq.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика