Xedira kelasi hafta "Yuve" bilan shartnomasini bekor qiladi. Klub Duglas Kostani sotishi mumkin
25 sen 2020 10:14
Yangiliklar


Xedira kelasi hafta "Yuve" bilan shartnomasini bekor qiladi. Klub Duglas Kostani sotishi mumkin
Yarim himoyachi Sami Xedira "Yuventus"dan ketishga yaqin.
33 yoshli germaniyalik futbolchi kelasi hafta Turin klubi bilan shartnomasini bekor qiladi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
"Yuventus" shuningdek vinger Duglas Kostani ham sotish variantini ko'rib chiqmoqda, shu bilan birga 30 yoshli braziliyalik borasida "Barselona" va "Vulverxempton"dan taklif tushmadi.
Oldinroq, Xedira "Yuventus" bilan shartnoma bekor qilinishi ortidan 3 million evro olishni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar