Xedira faoliyatini "Gerta"da davom ettiradi
31 jan 2021 16:20
Yangiliklar


Xedira faoliyatini "Gerta"da davom ettiradi
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira Germaniyaga qaytishga yaqin.
Futbolchi Berlinga keldi, u "Gerta" bilan bitimning so'nggi shartlarini muhokama qiladi. Bugun Xedira tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng bitim rasman yakunlanadi.
33 yoshli germaniyalik o'yinchi joriy mavsumda maydonga tushmadi. Xedira "Yuventus"da 2015 yildan beri o'ynaydi, u Turin klubi safida umumiy 145ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 13ta assist qayd etgan.
"Gerta" esa 19 turdan so'ng Germaniya chempionatida 14-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar