"Xech qanday golf yo'q". Beylga golf o'ynashni taqiqlashmoqchi
10 noy 2022 08:55
Yangiliklar
"Xech qanday golf yo'q". Beylga golf o'ynashni taqiqlashmoqchi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rob Peyj JCH-2022 vaqtida Garet Beylga golf o'ynash uchun ruxsat bermaydi.
"Barchasi to'g'ri. Xech qanday golf yo'q. Biz ishlash uchun kelamiz.
Avval Garet, Kiffer Mur yoki Aaron Remzi kelib, yig'ilish bor yoki yo'qligini so'rashardi. Men esa ularga yig'ilish yo'qligini, istagan ishlarini qilishlarini aytardim.
Ammo bu ikkita o'yin uchun tayyorgarlikka 1 hafta vaqt borligida bo'lgandi. Qatarda esa vaqt kamlik qiladi. O'yinlar - har to'rt kunda bo'ladi", - dedi Peyj
Fikrlar