So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  125 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Xech qachon APLda o'ynamagan taniqli futbolchilar (TOP-10) Yangiliklar

Xech qachon APLda o'ynamagan taniqli futbolchilar (TOP-10)

Ushbu futbolchilar o'z vaqtida dunyo yulduzlari hisoblanganlar. Lekin, buni qarangki, ular dunyoning eng qiziqarli futbol ligasi hisoblangan Angliya Premer-Ligasida o'ynamaganlar.

Andrea Pirlo. "Maestro"ning qanday o'yinchi ekanligini barcha biladi. U bunday mashhurlikka Italiyadagi faoliyati orqali erishgan. Yoshi 37 ga borib qolgan futbolchini ikkilanmay ushbu ro'yxatga kiritdik. Xar holda faoliyati yakunida APL klublarida o'ynash ancha kuch talab etadi.


Roberto Karlos. Dunyoning eng kuchli chap qanot himoyachisi hisoblangan. Asosiy yutuqlarini Madridning "Real" jamoasi bilan birga qo'lga kiritgan.


Pele. Barcha davrlarning eng kuchli futbolchisi hisoblangan Pele faoliyati davomida faqatgina Braziliyaning "Santos" jamoasida, shuningdek, AQSHning "Nyu-York Kosmos" jamoalarida o'ynagan.


Luish Figu. O'z vaqtida "Sporting", "Barselona", "Real", "Inter" kabi Evropaning ko'zga ko'ringan jamoalarida o'ynagan. Ayniqsa, uning "Barsa"dan "Real"ga ko'chib o'tishi juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgandi.


Kaka. Yulduzli onlarini "Milan"da o'tkazgan futbolchi Florentino Peresning "Real"iga ko'chib o'tgan. Ayni paytda "Orlando Siti"da o'ynayotgan futbolchi ham faoliyati so'nggida Tumanli Albionga tashrif buyurmasa kerak


Xavi. "Barselona" bilan 28 ta sovrin qo'lga kiritgan Xavi ayni paytda ko'pchilik qatori faoliyati yakunida Osiyoda o'ynamoqda. U ushbu mashhurlikka faqatgina "Barsa" bilan erishgan. Albatta terma jamoa miqyosidagi natijalarni hisobga olmasak :)


Zinedin Zidan. Zizu "Yuventus"dan "Real"ga 75 million evro evaziga ko'chib o'tganida dunyoning eng qimmat transferi bo'lgandi. "Qirollik klubi"ning ayni paytdagi bosh murabbiyi faoliyati davomida Franciya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida o'ynagan.


Ronaldino. "El-Klassiko"larda "Barsa" futbolchisi sifatida "Real" muxlislari olqishini ola bilgan kam sonli futbolchilardan biri.


Ronaldo. Braziliyalik original Ronaldo ham o'zining yorqin faoliyati davomida APL klublarida o'ynab ko'rmagan ekan.


Maradona. Argentinalik sobiq futbolchi o'z vaqtida "Napoli" va "Barselona" kabi nomdor jamoalarda o'ynagan. Ammo, futbol afsonasi deya takidlanadigan Maradona uchun ham dunyoning eng qiziqarli chempionatida o'ynash armon bo'lib qolgan.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика