So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Xayrulla Karimov: "Futbolda xatolar bo'ladi, agar hech kim xato qilmasa, gol ham kiritilmaydi" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "Futbolda xatolar bo'ladi, agar hech kim xato qilmasa, gol ham kiritilmaydi"

AGMK klubining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Xayrulla Karimov AGMK - "Mashal" uchrashuvi haqida fikr bildirdi.




- O'yin haqida

- Uchrashuv qiziqarli ruhda o'tdi, yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Agar barcha imkoniyatlardan foydalanilganda, bundan-da yirikroq hisob qayd etilishi mumkin edi. To'rtinchi golni urganimizda, o'yin mutlaqo boshqacha kechardi. SHunga qaramasdan, bundan buyog'iga barcha o'yin qiyin bo'ladi, "Mashal"ga ham ochko zarur bo'lgani uchun qo'ldan kelganicha harakat qildi. Umuman olganda, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatib, haqli g'alabaga erishdi.

- Jamoa bugun uchta gol urgan bo'lsa ham himoyadagi xatolar bartaraf qilinmayapti. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Bu – futbol, unda xatolar bo'ladi. Agar hech kim xato qilmasa, gol ham bo'lmaydi. Lekin har bir o'yinni kuzatib, mashg'ulotlarda buning ustida ishlashda davom etamiz. Nafaqat himoya, balki hujumchilar ham mavjud imkoniyatlardan foydalana olganda, o'yin mutlaqo boshqacha bo'lardi. Xatolar baribir ko'rib chiqiladi.

- PFL bu yildan qishki transfer oynasidagi transferlar limitini o'ntaga tushirdi. Biroq adashmasam, 8 dekabrgacha istalgan futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Har doim jamoani kuchaytirishga urinishlar bo'ladi, buni bosh murabbiy hal qiladi. Boshqalar qatori bizning jamoada ham buning ustida harakatlar olib borilmoqda.

- Elvin Fortes ikki o'yindan beri qaydnomaga kiritilmagan. U bilan bog'liq biror muammo bormi? Dilshod Jo'raev ham maydonga tushmadi...

- Fortesga oilaviy muammolariga ko'ra uyiga ketishiga ruxsat berildi. U hozircha klubdan ketgani yo'q. Dilshod Jo'raev esa shamollash sababli bugungi bahsda qatnasholmadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика