So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  19 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  78 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Xayrulla Xoliqovning ustozlardan iborat ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Xayrulla Xoliqovning ustozlardan iborat ramziy terma jamoasi

Bugun 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni.

Avvalo yurtimizdagi barcha o'qituvchi va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklayman. Bugun menga talim bergan ustozlarimni futbolga xos ravishda, yani ramziy jamoa tuzgan holda yodga olib tabriklashni lozim topdim. 

Bunda maktabga endi birinchi sinfga qadam qo'yganimdan boshlab to hozirgacha menga yo'l-yo'riq ko'rsatgan hamda ko'rsatib kelayotgan 11 nafar ustozni saralab oldim. Albatta, ustozlar ko'p va ularning har biriga hurmatim baland. SHu bois 11 kishini alohida ajratib olish ancha qiyin bo'ldi. Quyida 4-4-2 sxemasi bo'yicha ramziy jamoadan o'rin olganlarga birma-bir to'xtalmoqchiman. 


Samadov Sami (birinchi o'qituvchim)

Maktabga birinchi qadamni qo'ygan paytim birinchi o'qituvchim Samadov Sami bo'lgan. Bundan bir necha yil oldin vafot etdilar, joylari jannatda bo'lsin. Sami muallim bizga juda yaxshi dars o'tganlar, bu insonni hech qachon unutmayman. 


Muhammadiev Zayni (sinf rahbari)

Keyinchalik Muhammadiev Zayni domla bizga sinf rahbarlik qildilar. U kishi og'ir-vazmin va o'ta zukkoligi bilan yodimda qolgan. Muhammadiev maktabda o'qib yurgan kezlarimiz kasallik sabab olamdan o'tganlar, u kishining ham oxiratlari obod bo'lsin. 

 

Ettiev Izzatillo (mehnat o'qituvchisi)

Ettiev Izzatillo bizga mehnat fanidan dars berganlar, ham mening qaynotam hisoblanadilar. Bu kishini o'z kasbiga sadoqatli, shu bilan birga o'quvchilarga nisbatan nihoyatda talabchan deb bilaman.


Haydar Akbarov ("Sport" gazetasi)

Sport gazetasiga endi ishga kelganimda Haydar Akbarov bosh muharrir bo'lib ishlardi. U kishidan ko'p narsa o'rgandim. Haydar aka ayniqsa tilga ehtiyot bo'lib yozish kerak derdi va jumlalarni qanday tuzishni o'rgatardi. Esimda, qaysi bir maqolada Angliya Portugaliyani er tishlatdi deb yozganimda, unaqa yozmang Angliya urushda emas-ku deb dakki bergandilar.


SHerali Habilullaev ("Sport" gazetasi)

SHerali Habibullaev o'sha yillari gazetada bosh muharrir o'rinbosari bo'lib ishlardi. U kishi menga qaysi mavzuda ko'proq yozsam odamlar etiborini tortishni o'rgatdi. U kishining ham juda ko'p foydasi tekkan. 


Abdujalil Aralov ("Mashal" PFK)

Garchi "Mashal"ga Bahrom Davlatovning taklifi bilan ishga borgan bo'lsam-da, Bahrom aka ko'pincha safarda bo'lardi, shu bois Muborakdagi ishlar uning yordamchisi Abdujalil Aralov zimmasiga yuklatilgandi. Abdujalil aka bilan birga ishlab u kishidan klub faoliyati nimaligini o'rgandim. 


Nematjon Ahmedov ("O'zbekiston futboli" gazetasi)

Nematjon Ahmedov kamgap jurnalistlardan biri. "O'zbekiston futboli"da eng ko'p intervyu qiladigan ham shu kishi bo'lgan. Nemat aka bilan bir nechta safarlarda birga bo'lganmiz. U kishi orqali ko'plab futbolchi va murabbiylar bilan tanishganman. 


Oybek Yunusov ("O'zbekiston futboli" gazetasi)

Hech shubhasiz Oybek Yunusovni O'zbekiston futzalini eng yaxshi yoritgan jurnalistlardan biri deya olaman. To'g'risi, futzal deganda ko'z oldimga birinchi bo'lib Oybek aka kelardi. Hozircha u kishidek ko'p yozadigan boshqani ko'rmadim. Oybek Yunusov bilan gazetada birga ishlab ancha voqealarni boshdan o'tkazdik. Oybek akaning 500 km. yo'l bosib to'yimga borgani menga katta quvonch baxsh etgandi.


To'lqin Ro'ziev ("Sport" gazetasi)

To'lqin Ro'zievni atayin pleymeyker nuqtasiga qo'ydim. "Sport" gazetasiga endi ishga kelgan yillarim meni hammadan ham o'ziga yaqin olgan To'lqin aka bo'lgandi. To'lqin aka birinchi navbatda menga reportaj qanday tayyorlanishini o'rgatdi. Yaqinda u kishini ko'chada uchratib qolib juda quvondim.  

 

Baxtiyor SHirinov ("O'zbekiston futboli" gazetasi)

Baxtiyor SHirinovni ortiqcha tanishtirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. Bu insonni futboldagi hamma taniydi desam mubolag'a bo'lmaydi. Baxtiyor aka hech qachon o'z maslahatini ayamagan va doim to'g'ri yo'nalish berib kelgan. Baxtiyor aka bilan "O'zbekiston futboli" gazetasida tanishganman. SHirinovning suhbatini eshitib aslo zerikmaysiz. Futbolni juda teran tushunishi meni doim hayron qoldiradi.  


Hasan Pirmuhamedov (fotosuratchi)

O'zimizning Hasanboy. Garchi yoshi mendan kichik bo'lsa-da, uni o'zimga ustoz deb bilaman va hazillashib tog'a deb chaqiraman. Agar Hasan aka bo'lmaganida to'g'risi qo'limga fotoapparat ushlamasligim ham mumkin edi. CHin manoda shu inson menga futbolda rasm olishni o'rgatdi. Eh-he nechtalab o'yinlarda birga ishlaganmiz. Hasan aka ikkimiz rasm olib yurganimizda hozirgi murabbiylarning ko'pchiligi futbolchi bo'lib maydonda to'p tepib yurishardi. 


P.S. Yuqorida aytib o'tganimdek, 11 ustozdan iborat ramziyni tuzish oson bo'lmadi, chunki ustozlar ko'p. Hatto bir og'iz so'zni o'rgatgan yoki bo'lmasa to'g'ri qadam tashlashni ko'rsatib bergan ham men uchun ustoz hisoblanadi. 

X.Xoliqov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика