So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  12 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Xayrulla Karimov: "Natija adolatli" Yangiliklar

Xayrulla Karimov: "Natija adolatli"

AGMK jamoasi yordamchi murabbiyi Xayrulla Karimov "Lokomotiv" (1:1) bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Bugungi bahs futbol ishqibozlariga yoqdi deb o'ylayman. Birinchi bo'lim jamoamiz uchun qiyin kechdi. Kubok finalidan keyin futbolchilar ruhiy tushkunlikka tushib qolgani sezildi. Lekin tanaffusdan keyin jamoa o'yinida o'zgarish ruy berdi. Ikkinchi taymda qator xavfli vaziyatlar yaratildi. Bugungi raqib "Loko" ham yaxshi jamoa. Jamoamiz xarakter ko'rsatib, hisobni tenglashtirishga erishdi. O'ylaymanki, tablodagi 1:1 hisobi o'yin mos va adolatli natija bo'ldi. 

Qisqa vaqt ichida Liga kubogi yarim finali, kubok finali va chempionat doirasidagi bahs o'tkazildi. To'g'ri, nafaqat jismoniy toliqish, balki ruhiy taraflama ham finaldagi mag'lubiyat o'z tasirini ko'rsatadi. Tig'iz taqvim istalgan jamoaga tasir qiladi. SHunga qaramasdan jamoamiz ikkinchi bo'limda o'z o'yinini topib olib, mag'lubiyatni durangga aylantirishdi. 

OCHLdan quruq qolganimiz qanday tasir qildi? Barcha jamoa xalqaro maydonda ishtirok etgisi keladi. Biz final orqali ushbu marrani zabt etishni ko'zlagandik. Biroq bu nasib etmadi. O'ylaymanki, kelgusi mavsumda AGMK OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritadi, Xudo xohlasa.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика