

Klub boshqaruv qo'mitasi Karl-Xaync Rummenigge va myunxenliklar sport direktori Xasan Salixamijich ishtirok etadigan anjumanda jamoaning yangi bosh murabbiy e'lon qilinadi. Ayni damda Myunxen jamoasini boshqarayotgan Niko Kovach o'rnini "Arsenal" sobiq ustozi, fransiyalik mutaxassis Arsen Venger egallashi mumkin.
Oldinroq, Venger 1 yanvardan murabbiylikka qaytishi mumkinligi e'lon qilingan edi. Arsen Venger 22 yil davomida "Arsenal"da ishlagan.
"Bavariya" Bundesliga turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Myunxenliklar Chempionlar ligasida o'tkazgan 2ta o'yindan so'ng 4 ochko bilan, 2-o'rinni band qilishmoqda. Ayni damda Myunxen klubining barcha turnirlardagi g'alabasiz seriyasi 4ta o'yinga etdi.



