Xavi Qatarda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
09 iyu 2021 12:16
Yangiliklar
Xavi Qatarda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Qatarning mavsumdagi eng yaxshi mutaxassisi deb topildi.
Jamoa biror marta mag'lubiyatga uchramagan holda Qatar chempioniga aylandi va mamlakat Kubogini ham qo'lga kiritdi.
"Al Sadd" yarim himoyachisi Santi Kasorla mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. 36 yoshli ispan 20ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Xavi 2019 yildan beri "Al Sadd"ni boshqarmoqda. Uning shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar