Xavi: "Pedrining bunday darajada o'ynayotganidan baxtliman"
02 iyu 2021 12:14
Yangiliklar


Xavi: "Pedrining bunday darajada o'ynayotganidan baxtliman"
"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Pedri haqida gapirdi.
"Men Pedrining bunday darajada o'ynayotganidan baxtliman, u yosh bo'lsa ham Ispaniya terma jamoasi ham, "Barselona"da ham farqni yuzaga keltirmoqda", - deydi Xavi.
18 yoshli Pedri Kataloniya klubiga 2019 yilning sentyabrida "Las-Palmas"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. Xavbekning "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Qayd etish kerakki, Pedri Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi, u "qizil furiya" bilan Evropa chempionati chorak finaliga chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar