Xavi: "Noyabrda Evropa ligasiga ham umid qilishmayotgandi"
08 may 2022 12:55
Yangiliklar
Xavi: "Noyabrda Evropa ligasiga ham umid qilishmayotgandi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi LaLigada "Betis"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Qanday bo'lganimiz va hozir qanday holatda ekanligimizga etibor qaratishimiz kerak. Ikkinchi davrada yuqori o'nlikdagi barcha jamoalarni mag'lub etdik. Qiyin o'yinlarda g'alabaga erishdik, chiroyli o'yin ko'rsatdik.
Ha, bir qancha vaqt davomida jamoada cho'kish holati bo'ldi, biroq shunda ham kurashdik. Ko'p joylarda to'pni oddiy holatda yo'qotdik. So'nggi oylarda barqarorlikni qo'ldan chiqardik va sovrinlar bizni tark etdi. Bu borada ishlashimiz kerak.
Noyabr oyida "Barselona" muxlislari xatto Evropa ligasiga ham umid qilmayotgandi. Lekin biz holatni o'zgartira oldik. Asosiysi - futbolchilar o'zgarishdi", - dedi Xavi.
Fikrlar