Xavi navbatdagi sharmandalikdan so'ng nimalar dedi?
12 fev 2024 10:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/780241_original.jpg)
![](/upload/storage/780241_220.jpg)
Xavi navbatdagi sharmandalikdan so'ng nimalar dedi?
Kecha “Barselona” La Liganing 19-jamoasi bilan durang o'ynadi.
Uchrashuv yakunidan so'ng Kataloniya klubining bosh murabbiyi Xavi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishimiz ham mumkin edi, biroq bugun “Granada” yaxshi harakat qildi. Bugun bizga hujumda tezlik etishmadi. Biz harakat qildik, ammo himoyalanishda raqibimizga ko'p sovg'alar berdik.
CHempion bo'lish endi juda qiyin. Bugungi holatdan so'ng biz qo'shimcha yana ikki ochko ortda qola boshladik. Biroq biz oq bayroq tashlash niyatida emasmiz. Etakchilar bilan farq katta, ammo imkonsiz ishning o'zi yo'q. Bugun g'alaba uchun yaxshi imkoniyatga ega edik, lekin bugun bizning kun emas ekan”, — dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar