So’nggi yangiliklar

09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  0 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  4 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  2 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  15 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5

Xavi "Malorka"ga qarshi 2:2 haqida: “Biz ikkita ahmoqona gollarni o'tkazib yubordik, bunday xatolarga yo'l qo'yishimiz kerak emas” Yangiliklar

Xavi "Malorka"ga qarshi 2:2 haqida: “Biz ikkita ahmoqona gollarni o'tkazib yubordik, bunday xatolarga yo'l qo'yishimiz kerak emas”

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi "Malorka"ga qarshi uchrashuvda durang qayd etilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Muammo raqib jamoa bizning xatodan so'ng oldinga chiqib oldi. Biz o'zimizning ajoyib o'yinimizni ko'rsatganimizda himoyadagi navbatdagi ahmoqona gol o'tkazib yubordik. Biz bunday xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Bizda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi, biroq biz kerak bo'lmagan ikkita gol o'tkazib yubordik. Durang — “Barselona” uchun etarli emas.

 Menimcha, hisobni tenglashtirib olganimizdan so'ng o'yin tizgini to'liq biz tomonga o'tdi. Jamoa bir nechta yaxshi vaziyatlarni yaratdi. Biz tanaffusga qadar oldinga chiqib olishimiz ham mumkin edi, biroq o'zimizning xatoyimiz natijasida navbatdagi golni o'tkazib yubordik. Biz xatolar sababli bugungi o'yinda g'alaba qozonmadik.

 Himoyadagi o'yinimizni yaxshilashimiz lozim. O'tgan mavsumda ancha yaxshi edik Bugun ham juda yomon o'yin ko'rsatmadik, biroq bugungiga o'xshash xatolar bo'lishi kerak emasi. Biz shu xatolar sababli ikki ochkodan ayrildik”,-dedi Xavi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика