Xavi Gavining jarohati haqida: Gavining yo'qligi - biz uchun fojia
26 noy 2023 07:33
Yangiliklar
Xavi Gavining jarohati haqida: Gavining yo'qligi - biz uchun fojia
19 yoshli yarimhimoyachi Evro-2024 saralashidan o'rin olgan Ispaniya — Gruziya (3:1) o'yinida tizzasining xochsimon paylaridan jiddiy jarohatlandi. U 7-9 oyni o'tkazib yuboradi.
«Gavining yo'qligi — biz uchun fojia. U — almashtirib bo'lmaydigan o'yinchi. U beradigan ishtiyoq, istak va jasorat... Uning o'rnini bildirmaslikka harakat qilishimiz kerak, lekin bu qiyin.
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi de la Fuente bilan yaxshi munosabatdaman. Seshanba kuni u menga qo'ng'iroq qildi va biz gaplashdik. Menimcha, muammo murabbiyning qarorida emas, bu — ko'proq tavqim muammosi. Gavining yoshini hisobga olsak, u ko'p daqiqa o'ynadi. Bazida shunday baxtsizliklar sodir bo'ladi.
De la Fuente bilan hech qanday kelishmovchilik yoki muammo yo'q. Muammo tavqimda», — deya «Barselona» ustozining so'zlarini keltiradi Marca.
Fikrlar