Xavi bugungi o'yin oldidan: “Bizga juda qiyin bo'ladi”

Eldor Akmurzayev
27 fev 2022, 09:45
La Liga 26-turidan o'rin olgan “Atletik”ga qarshi bahs oldidan “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ularda kuchli jamoa bor, o'zaro o'tgan oxirgi uchrashuvimizdan keyin raqib u qadar o'zgargani yo'q nazarimda. Marselino jismonan kuchli futbolchilarga ega qoyilmaqom murabbiy. Bizga juda qiyin bo'ladi.

Albatta, “Atletik”ga qarshi oxirgi uchrashuvimizdan keyin kuchliroq ko'rinishga keldik. Ko'p jihatlarimizni yaxshiladik, to'p bilan yaxshi muomala qilishni boshladik. Bizda ishonch bor, o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqdamiz, ammo xotirjamlikka berilish mumkin emas”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com