Xavi: “Bizga tajriba etishmayapti”
09 jan 2022 07:45
Yangiliklar
Xavi: “Bizga tajriba etishmayapti”
Barselona ustozi Xavi La Liga 20-turi doirasida o'tgan Granadaga (1:1) qarshi o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
“Afsus, ammo o'zimiz xatolikka yo'l qo'ydik. Bizga tajriba etishmayapti va chetlatish muammolar keltirib chiqardi. Raqibning kuchli tomonlarini, bizning esa kuchsiz tomonlarimizni ko'rdim. 2-taymda o'yinni o'z nazoratimizda ushlashimiz zarur edi.
G'alaba qozonish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Agar o'sishni xohlasak, buni uddalash vaqti keldi. Muhim 2 ochkoni boy berganimdan afsusdamiz.
Boshqalar kabi Lyuk de Yong ham jamoamiz azosi hisoblanadi. U professional. U gol urganidan xursandman. Biroq, yuqori maoshlar tufayli bu jihatni ham etiborga olib qo'yishimiz lozim.
Tajriba va mahorat o'yin natijasidan kelib chiqadi. Hozir Gavidan ko'proq narsa talab qilolmaymiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar