Xavi: "Biz taslim bo'lmaymiz"
02 okt 2019 11:03
Yangiliklar
Xavi: "Biz taslim bo'lmaymiz"
Ko'pchilik o'z maydonida "Al Sadd" ijobiy natija qayd etsa kerak degan fikrda edi. Biroq qatarliklar "Al Hilol"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Xavi quyidagi fikrlarni bildirdi.
- "Yakuniy natijadan juda xafaman. Abdulkarim Hassan maydondan chetlatilgunga qadar yaxshi o'yin ko'rsatib turgandik. O'yinni ikki qismga bo'lish mumkin: qizil kartochkagacha va undan keyingi. 10 kishi bo'lib hujum qilishga juda qiynaldik, buning ustiga ketma-ket gollar o'tkazib yubordik".
- "Javob uchrashuvida Abdulkarim Hassan bilan Bagdad Bunedja yordam bera olmaydi. Bu esa vazifani yanada qiyinlashtiradi. Lekin biz taslim bo'lmoqchi emasmiz, bu Osiyo chempionlar ligasi va oxirigacha kurashamiz. Oldinda hali yana 90 daqiqalik o'yin kutyapti, unda nimalar bo'lishini bilmaymiz", - deydi Xavi.
Eslatib o'tamiz, yarim finalning javob bahsi 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar