Xavi "Barsa" futbolchilari Levandovski va Yamal o'rtasidagi tushunmovchilikka izoh berdi
25 noy 2023 08:58
Yangiliklar


Xavi "Barsa" futbolchilari Levandovski va Yamal o'rtasidagi tushunmovchilikka izoh berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Robert Levandovski va Lamin Yamal o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik haqida gapirdi.
"Bo'lib o'tgan ishni normal hisoblash mumkin. O'zimda ham shunaqasi bo'lib turardi. Futbolchi bo'lgan paytimda Puyol, Valdes, Vilya, Messilar bilan ko'p bahslashardim. Siz arxivlardan buni topib, ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Ish vaqtida bunday holatlar bo'lib turadi va bunga katta ahamiyat bermaymiz. Robert doimo jamoadoshlariga yordam beradi. U Laminga ham ajoyib futbolchi bo'lish uchun yordam bera oladi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar