Xavi Anchelottini 4-marotaba engdi. “Karlo ota” La Ligadagi 8 “El Klasiko”dan beshinchisini boy berdi
20 mar 2023 10:15
Yangiliklar


Xavi Anchelottini 4-marotaba engdi. “Karlo ota” La Ligadagi 8 “El Klasiko”dan beshinchisini boy berdi
Ispaniya chempionati 26-turida “Barselona” Kataloniyada 2:1 hisobida “Real”ni engishga erishdi.
“Barsa” ustozi Xavi Karlo Anchelottiga oltinchi marotaba to'qnash kelib, 4-g'alabasini tantana qildi. Avvalroq, “ko'kanorrangilar” 4:0, 3:1 hamda 1:0 hisoblari bilan raqibni engishgan va 2:3 hamda 1:3 natijalari bilan yutqazishgandi.
Bundan tashqari, Anchelotti La Liga doirasida sakkizinchi “El Klasiko”sida 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. “Real” bilan “Barselona”ni 4 martadan ko'proq engish faqatgina to'rt mutaxassisga nasib etgan: Zinedin Zidan (4), Luis Molovni (5), Fransisko Bru (5) va Migel Munos (12).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar