Xavi "Al Sadd" bilan yangi shartnoma imzoladi
13 may 2021 13:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636676_original.jpg)
![](/upload/storage/636676_220.jpg)
Xavi "Al Sadd" bilan yangi shartnoma imzoladi
Ispaniyalik mutaxassis Xavi Ernandes Qatarning "Al Sadd" klubi bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
"Al Sadd" o'tgan mavsum ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida Qatar chempioniga aylandi. Jamoa milliy ligada biror marta mag'lubiyatga uchramadi, ammo jamoa OCHLda guruh bosqichidan chiqa olmay, turnirni tark etdi.
Oldinroq, Xavi "Barselona"ning short-listida ekanligi aytilgan edi. "Ko'k-anorranglilar" Ronald Kumanga o'rinbosar qidirishmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar