Xavi 5 ta o'yindan 3 tasida Anchelottini mag'lub etdi
03 mar 2023 10:12
Yangiliklar
Xavi 5 ta o'yindan 3 tasida Anchelottini mag'lub etdi
Xavi Karlo Anchelottiga qarshi o'yinlarda g'alaba qozonish bo'yicha oldinga o'tib oldi.
"Barselona" Ispaniya kubogining dastlabki yarim finalida "Real"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
"Barsa" Xavi boshchiligida Anchelotti va "Real" bilan beshta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarning uchtasida "Barselona" g'alaba qozongan. Ikki marotaba esa "Real"ning qo'li baland kelgan.
Ushbu mavsumda jamoalar hali yana ikki marotaba to'qnash kelishadi: 19 mart kuni La Liga, 5 aprel kuni Ispaniya kubogi yarim final javob o'yini doirasida.
Fikrlar