Xaverc Potter qo'l ostidagi "CHelsi"ning ECHLda g'alaba qozonish imkoniyatini baholadi
27 okt 2022 16:34
Yangiliklar


Xaverc Potter qo'l ostidagi "CHelsi"ning ECHLda g'alaba qozonish imkoniyatini baholadi
"CHelsi" hujumchisi Kay Xaverc Grem Potter qo'l ostida jamoasining CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish imkoniyatiga baho berdi.
Eslatib o'tamiz, "nafaqaxo'rlar" 2 yil oldin Tomas Tuxel boshchiligida musobaqa g'olibiga aylanishgandi, u bosh murabbiylikka kelganidan 5 oy o'tib jamoaga evrokubok olib kelgandi.
"Buni baholash qiyin, chunki men Potter qo'l ostida bor-yo'g'i bir necha hafta ishladim xolos. U juda yaxshi murabbiy, ammo qolganini vaqt ko'rsatadi. Biz shunday davom etishimiz kerak", – dedi Xaverc.
Xaverc kuni kecha ikkinchi taymda g'alaba to'pini kiritib, "CHelsi"ning "Zalcburg" ustidan g'alaba qozonishiga yordam bergan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar