Xaverc "CHelsi"ga o'tgan taqdirda eng qimmat germaniyalik futbolchiga aylanadi
19 avg 2020 18:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587675_original.jpg)
![](/upload/storage/587675_220.jpg)
Xaverc "CHelsi"ga o'tgan taqdirda eng qimmat germaniyalik futbolchiga aylanadi
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc yozgi transferlar oynasida "CHelsi"ga o'tishi mumkin.
Germaniya va Angliya klublari o'tgan haftaning o'rtalarida muzokaralarga kirishishgan. 21 yoshli Xaverc "CHelsi"ga o'tsa, tarixdagi eng qimmat germaniyalik futbolchiga aylanadi.
Oldinroq, "Bayer"ning o'yinchi uchun 90 million funt talab qilayotgani haqida xabarlar yangragan edi.
Hozirda esa "Bayer" talab qilayotgan mablag' va "CHelsi"ning taklif qilayotgan puli o'rtasida 20 million evrolik farq bor. O'yinchining o'zi transferga rozi. Londonliklar bitimga bonuslarni qo'shishmoqchi.
Xaverc 2019/20 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar