Xart va Milner "Siti" bilan shartnomani uzaytirishadi
12 dek 2014 20:00
Yangiliklar

Xart va Milner "Siti" bilan shartnomani uzaytirishadi
Yaqin orada "Manchester Siti" darvozabon Jo Xart va yarim himoyachi Jeyms Milner bilan shartnomani uzaytiradi.
O'tgan hafta "Siti" ustozi Manuel Pellegrini Xart bilan 2019 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida dastlabki kelishuvga erishilganini malum qilgandi. Bu haqdagi rasmiy malumot yaqin kunlarda chiqadi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.
"Bilishimcha bu masala deyarli hal bo'lgan, bu erda iloji boricha ko'proq qolishni istayman. "Siti" - mening klubim", - deydi Xart BBC nashriga.
"Siti" va Milner ham kelishuvni uzaytirishga tayyor. Yarim himoyachi so'nggi o'yinlarda asosiy o'yinchiga aylandi. Jeymsning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi.
"Muzokaralar davom etmoqda. Mening maqsadim jamoaga ko'proq yordam berish va gollar urish", - deydi Milner.

Fikrlar