Xart qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirmaydi
07 jan 2020 13:28
Yangiliklar


Xart qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirmaydi
"Byornli" bosh murabbiyi SHon Daych darvozabonni qo'yib yubormaslikka qaror qildi.
Angliya terma jamoasining sobiq birinchi raqamli darvozaboni "Aston Villa"ga o'tmaydi, bu haqda "Byornli" bosh murabbiyi SHon Daych malum qildi.
"Byornli" jamoasi 32 yoshli Xartni 2018 yil avgustida "Manchester Siti"dan 3,9 million evroga sotib olgan edi.
Ushbu mavsumda darvozabon kubok musobaqalarida atigi 2ta o'yin o'tkazdi va 5ta gol o'tkazib yubordi. Xart va klub o'rtasidagi shartnoma shu yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar