So’nggi yangiliklar

23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  5 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  825 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4

Xarri Maguayr haqida 10ta fakt Yangiliklar

Xarri Maguayr haqida 10ta fakt

“Manchester Yunayted”ning yangi vakili bo'lmish dunyoning eng qimmat himoyachisi Xarri Maguayr haqida 10ta qiziqarli faktlarni etiboringizga havola qilamiz.

1. U maktabda alochi edi.    

Maguayr bolaligida nafaqat futbol maydonida, balki o'qishda ham faol edi.

 Maktabidagi sobiq direktor o'rinbosari Syu Keyn: "U bolaligidan aqlli bo'lgan. Undan talab qilingan hamma narsani qilardi. U mashhur va baland bo'yli edi. O'shandan beri uning bo'yi yanada o'sdi. O'ylashimcha, u iqtisod yoki matematikani o'qishni davom ettirganida, ehtimol hisobchi yoki tadbirkor bo'lishi mumkin edi. U juda zo'r o'qigan."

2. U faqat iqtidorli futbolchigina emas.

Markaziy himoyachi bolaligida ko'plab sport turlari bilan shug'ullangan. U kross-kantri, regbi va xokkey bilan ham mashg'ul bo'lgan. Bu sport turlari unga turli jabhalarda foyda berganligini futbolchining o'zi tan oladi.

3. Uning futbolchilardan iborat oilasi bor.

Xarrining ukalari ham futbolchi sanaladilar. Lourens Milliy ligada "CHesterfild" sharafini himoya etsa, Jo "Geynsboro Triniti" klubida to'p tepadi.

Ushbu fotosuratda Xarri va uning ukasi Lourens.

4. Uning to'liq ismini bilasizmi?

Uning to'liq ismi - Jeykob Xarri Maguayr, ammo barcha uni shunchaki Xarri deb ataydi.

5. U Evro-2016ga muxlis sifatida bordi.

Bu paytda Maguayr "Xall Siti" bilan Premer-ligaga endigina chiqqan edi va u do'stlari bilan Angliya terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Franciyaga borgan edi.

O'sha vaqtlar hech kim uni Garet Sautgeyt jamoasi bilan birgalikda JCH-2018da ishtirok etishini va yarim finalga chiqib, Angliya terma jamoasi qahramonlaridan biriga aylanishini bilmasdi.

6. Muxlislar uni 50 funt sterlinglik yangi banknotada ko'rishni xohlashdi.

U qahramon bo'lgan Jahon chempionatidan keyin muxlislar Maguayrning fotosurati   50 funt sterlingdan joy olishi uchun peticiya boshlashdi.

Peticiya 50 ming imzo yig'di, ammo u tanlanmadi. Uning o'rnini matematik Alan Tyuring egalladi.

7. Uning laqabi - "katta bosh".

Bu laqabni unga Jeymi Vardi qo'ygan.

Laqab bilan bog'liq juda kulgili voqea sodir bo'lgan. 

Maguayr Jahon chempionatida SHveciyaga gol urgan. SHundan so'ng, Maguayr o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etadi. To'satdan hujumchi Jeymi Vardi Maguayr qatnashayotgan  matbuot anjumaniga kirib keladi va jamoadoshiga shunday deydi: "Salom, bu Vardy News’dan Jeymi Vardi. Sizning boshingiz diametri qancha?"

8. U Angliya birinchi ligasida ketma-ket uch marta mavsum jamoasidan o'rin egallagan.

"SHeffild Yunayted" akademiyasidagi yorqin o'yinlari orqali Xarri tezda asosiy jamoadan joy oldi. Kuchi jihatidan Angliya uchinchi divizioni sanaluvchi chempionatda, Xarri jamoasining etakchisi edi.  Ketma-ket uch yil davomida u ligada mavsum ramziy terma jamoasiga kiritildi va 2012 yildan 2014 yilgacha klubining mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

9. U faqat markaziy himoyachi bo'lmagan.

"SHeffild" akademiyasi murabbiyi Jon Pemberton Maguayrning markaziy himoyachiga aylanishiga va bu poziciyada rivojlanishiga yordam bergan kishi hisoblanadi. 

16 yoshiga qadar u maydon markazida o'ynagan, ammo keyin markaziy himoyachiga aylantirilgan.

"U yaxshi himoyalanadi. Xarri mudofaa chizig'i etakchisi bo'lib, o'yinni juda yaxshi o'qiydi. Lekin, uni har doim boshqalardan ajratib turadigan jihat, bu to'pni qanday boshqarishni bilishidadir."

10. Xarrining kumirlari kimlar?

Uning kumirlari - Rio Ferdinand va Jon Terri.  

"Mening bolaligimdagi eng yaxshi markaziy himoyachilar - Jon Terri va Rio Ferdinand."

"Men ularni juda ko'p kuzatganman, ayniqsa, Rio Ferdinandni. CHunki, u to'pni himoyadan oldinga juda yaxshi olib chiqadi. To'pni o'zida ushlab tura oladi va ideal o'ynaydi. SHubhasiz, Rio o'z davrining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri."

SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика