Xandanovich penaltilarni qaytarish borasida rekord sari yaqinlashmoqda
12 jan 2020 13:29
Yangiliklar
Xandanovich penaltilarni qaytarish borasida rekord sari yaqinlashmoqda
Kecha "Inter" posboni Samir Xandanovich "Atalanta"ga qarshi o'yinda penaltini qaytarib, jamoasining durangiga munosib hissa qo'shdi.
"Opta" xabariga ko'ra, posbon darvozasi tomon belgilangan penaltilarning 30 foizini qaytargan. Yani, 79 penaltining 24tasi golga aylanmagan.
Agarda, noaniq zarbalar, ustun yoki to'sinlarga tekkanini hisobga olsak, yuqoridagi 24 soni 30ga o'zgaradi. Bu Italiya chempionatidagi ikkinchi natijadir. Oldingi rekord "Inter"ning sobiq posboni Janluka Palyukaga tegishli - 31.
"Inter" ayni damda 1 ochkolik farq bilan A Seriya etakchisi bo'lib turibdi.
Fikrlar