So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Xan Li: Kelishuvimiz asosi – Milanga nisbatan muhabbat Yangiliklar

Xan Li: Kelishuvimiz asosi – Milanga nisbatan muhabbat

Teglar :  MilanXitoy
Xabaringiz bordir, Italiya­ning eng sovrindor klublaridan biri Milan ham xitoylik sarmoyadorlar ixtiyoriga o'tdi.

SHubha yo'q, qitadoshlarimiz A seriya­sining yaqin o'tmishdagi gegemon klubini katta umid va maqsadlar bilan sotib olishdi. Xaridor kompaniya  - Sino-Europe Sports ijrochi-direktori Xan Li Italiya matbuotiga bergan ilk intervyusida buni alohida ishonch bilan takidladi: Sarmoyadorlar bor va biz ularning yordamlari bilan Milanga buyuklik yorlig'ini qaytaramiz.

- Aytingchi, sizning guruhingiz nega aynan Milanni sotib olishga qaror qildi?


- Sabablar oddiy: Milan - jahon futbolidagi eng buyuk jamoalardan biri. Uning tarixi yorqin g'alaba va muvaffaqiyatlarga to'la. Deylik, sayyoramizning turli burchaklarida rossonerlar muxlislarini uchratish mumkin. Xususan, Xitoyda ham bu klubga oshufta ishqibozlar ko'p. Aytishim joiz, bizda 80-yillarda birinchi bo'lib aynan A seriyasi, yani Milan ishtirokidagi o'yinlarni olib ko'rsatishgan. Demoqchimanki, bir necha avlod vakillari ushbu jamoani qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Men shunday muxlislardan biriman. O'z o'rnida, sinor Berluskoniga minnatdorchilik bildirishim joiz. O'ylaymanki, u Milan­ni cho'qqiga qaytarish missiyasini bizga ishonib topshirib, adashmadi.

- Xo'sh, rejalaringiz qanday? Klub mavqeini nimaning hisobiga tiklamoqchisizlar?

- Avvalo, ishonchli va saviya­li menejerlar guruhini tuzishimiz kerak. SHundan ke­yingina tarkibni kuchaytirish uchun transferlar bozorida ish boshlaymiz. Bu harakatlar qishda start oladi va navbatdagi yozda izchil davom ettiriladi. SHuning barobarida butun dunyo­da biznes loyihasini rivojlantirishni maqsad qilganmiz. Ayniqsa, Xitoy bozoriga katta urg'u qaratamiz. Xullas, aloqalar tarmog'i hamda strategik hamkorlar orqali klubning turli sohalarga xalqaro tasirini oshirishni ko'zlaganmiz. Oddiy aytganda,  Milan va Xitoy bozori o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishini xohlaymiz. Buning uchun global strategik zaxiralardan to'liq foydalanamiz.

- Umuman, kompaniya hisobida ushbu kelishuvni binoyidek amalga oshirish uchun etarli miqdorda sarmoya bormi?


- Investorlar ro'yxati allaqachon tasdiqlandi. Demak, moliyalashtirish masalasida qandaydir muammo yuzaga kelmaydi. Belgilangan mablag' vaqtida beriladi.

- Sarmoyadorlar qatorida Li Yunxun va Haixia Capital borligi malum qilindi. Boshqa nomlarni ham ayta olasizmi? Sino-Europe umumiy hisobda Fininvestga 420 million evro to'lashi kerak. Bu summaning malum qismi bankdan olinadigan qarz bilan qoplanishi rostmi? Aytishlaricha, Sino-Europe boshqaruv kengashining har bir azosi ko'pi bilan 15 foiz akciyaga egalik qilishi mumkin ekan...


 - Investorlar ro'yxati kelishuv ishlari batamom tugaganidan keyin rasman elon qilinadi. Boshqa jihatlar xususida hozircha malumot berolmayman.

- Sino-Europe Sports prezidenti Li Yunxun Xitoyda uncha mashhur emas. U haqda nima deya olasiz?


 - Xitoy - ulkan mamlakat, aholisi juda ko'p. Bas, shunday ekan, har bir biznesmenni tanish shunchaki, mumkin emas. Faqat shuni alohida takidlashim kerak, janob Lining omilkor ekanligiga hech qanday shubha yo'q.

- SHunday fikr borki, Milanni sotib olish - bu atigi moliyaviy operaciya. Yani kompaniya shu orqali birjada o'z obro'sini ko'tarmoqchi ekan. Harqalay, ayrimlar kelishuvning sport jihatlari sizlarni uncha qiziqtirmasligini takidlashyapti.


 - Ishontirib aytaman, ushbu kelishuvimiz asosi - klubga nisbatan muhabbat va ehtiros. Kompaniyamiz loyihalaridan birini bejiz Rossoneri, deb nomlamadik. Milanga bog'liq loyihamizga kelsak, klub barcha tiffozilarga tegishli bo'lishini istaymiz. Asosiy urg'u shunga qaratiladi. Xullas, kelishuv rasman amalga oshirilganidan so'ng Milanni barcha yo'nalishlarda kuchaytirish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Hozircha birja reytingi xususida gapirishga erta. Zero, birlamchi vazifamiz - jamoani to'g'ri yo'lga olib chiqish.

- Milanni sotib olish operaciyasida Xitoy hukumatining roli qanday?


 - Sarmoyadorlar qatorida Haixia Capital, Sino-Europe Sports va yana bir nechta yirik tashkilot bor. Bosh­qa gapga hojat bo'lmasa kerak.

- SHaxsan sizda sport bo'yicha tajriba bormi? Deylik, Wanda Sports uchun ishlaganingiz rostmi?

- O'ylaymanki, sport biznesida eng muhimi - menejerlar jamoasi. Yuqorida aytdim, boy tajribaga ega mutaxassislar, chinakam professionallarga ishlash imkoniyatini yaratib bermoqchimiz. Zero, o'zimiz akcioner sifatida qolishni afzal bilamiz va menejer roliga davo qilgimiz yo'q. Hozirda ayrim masalalar aniq - kelishuv rasmiylashtirilganidan so'ng Marko Fassone bosh direktor lavozimida ish boshlaydi. U Italiyaning 4ta grand klubida faoliyat yuritgan. Xullas, Fassone haqiqiy professional, bilimdon ekspert va unga ishonsa bo'ladi. SHaxsan men Milanni muvaffaqiyat sari boshlay olishiga shubha qilmayman. Umuman, klubga eng malakali mutaxassislarni chorlashni rejalashtirganmiz. Fassone ayni payt aynan kuchli menejerlar guruhini shakllantirish ustida ish olib boryapti. Endi o'zimga kelsak, yo'q, Wanda tarkibida faoliyat yuritgan emasman. Umuman, ishim doimo moliyaviy masalalar hamda muzokarayu, kelishuvlarga bog'liq bo'lgan.

- Italiyalik menejer tanlangani klubning ko'plab muxlislarini quvontirishi turgan gap. Aytingchi, sizlar uchun Milan ana­nalarini saqlab qolish qanchalik muhim?


 - Tushunarliki, bu o'z-o'zidan katta ahamiyatga ega. Alohida takidlayman, barchamiz Milan, umuman, Italiya tarixi va madaniyatiga hurmat bilan yondashamiz. CHunonchi, mahalliy madaniyat va ananalarni chetlab o'tib, muvaffaqiyatga erishib bo'lmasligini yaxshi tushunamiz. Bilamizki, Milan ehtiros, shon-shuhrat va zafarlar timsoli bo'lgan. Ishonchimiz komilki, Fassone - munosib nomzod. U Milanni yanada tanitish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini taminlashga qodir.

- Milanga anchadan buyon muxlislik qilar ekansiz, o'tmishdagi afsonalardan birining klub tizimida ishlashiga qanday qaraysiz?

- Ha, bolaligimdan ashaddiy tiffoziman. Misol uchun, San Siroda kuylanadigan ko'plab qo'shiqlarni yoddan bilaman. Qaytaraman, bu klubni qattiq yaxshi ko'raman. Savolingizga kelsak, jamoamiz eshigi biz bilan ehtiroslarini bo'lishadigan va hamkorlik qilishni istaydigan, menejerlarimizga yordam berishni xohlaydigan barcha afsonalar, umuman, hamma-hamma uchun ochiq.

- Tiffozilar armiyasi Milan­ning yana yulduzlarni sotib olishidan umidvor. Sino-Sports Europe qishda va kelasi yozda transferlar uchun 150 million evro ajratishini tasdiqlay olasizmi? Ehtimol, siz jamoada ko'rishni alohida istaydigan futbolchilar ham bordir...


- Tabiiyki, avvalo, kuchayishga muhtoj poziciyalar uchun futbolchi xarid qilishga urinib ko'ramiz. Biroq nomzodlar masalasini biz hal qilmaymiz, aksincha, barchasini menejerlar guruhi hukmiga havola etamiz. Inchunin, o'zimiz tanlagan menejerlarga to'liq ishonishimiz va ularning fikrlarini qo'llab-quvvatlashimiz shart.

- Klubning zafarli yurishida stadion masalasi ham juda muhim. Bu borada qanday g'oyalar bor?  Jamoa San Siroda qoladimi yoki yangi arena qurasizlar?

 - Umid qilamizki, o'yin kuni muxlislarga yaxshi sharoitlar taklif etish uddasidan chiqamiz. Ularning fikrlarini diqqat bilan eshitamiz, menejerlar maslahatlarini inobatga olamiz. SHundan keyin San Sironi yangilash yoki boshqa arena qurish xususida yakuniy qaror chiqaramiz. Muddao shuki, Milan futbolchilari va tiffozilari top-klub vakillari ekanliklarini qalban his qilishsin va uy stadionida mutlaqo qulaylikni sezishsin.

- Bloomberg va Caixin manbalarining xabar berishicha, Fininvestga yuborgan  to'lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar qalbaki ekan. Nima bo'lganini tushuntirib bera olasizmi?


- Bu yolg'on malumot. Umuman, kompaniyamiz ushbu masala yuzasidan rasmiy bayonot berib, barchasini inkor qilishga ulgurdi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика