So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Xames, ter SHtegen va primeroda amalga oshishi mumkin bo'lgan 10 ta transfer Yangiliklar

Xames, ter SHtegen va primeroda amalga oshishi mumkin bo'lgan 10 ta transfer

Qishda katta klublar olamshumul transferlarni amalga oshirishmaydi. Biroq, o'yin amaliyoti kamligi uchun yoki murabbiy bilan kelisha olmagani uchun jamoasini o'zgartirish istagida yurganlar ham topiladi.

Biz yaqinlashib kelayotgan qishgi transferlar oynasi vaqtida Ispaniya primerosida amalga oshishi mumkin bo'lgan transferlar haqida gaplashamiz.


Xames Rodriges


"Real" - "CHelsi" yoki "Manchester Yunayted"

Transfer summasi: 80 million evro

Xames so'nggi vaqtlarda jamoadagi holatdan norozi. Malumotlarga qaraganda kolumbiyalik futbolchi jamoasini o'zgartirish istagida. Ko'pchilik uning "Real"dan ketishini hozirda noreal deb hisoblaydi. Ammo, lekin, biroq...



Mark-Andre Ter SHtegen


"Barselona" - "Liverpul"

Transfer summasi: 15 million evro

Ter SHtegen ham "Barselona"da Bravoning soyasida qolib ketmoqda. U ECHL, Ispaniya Kubogi o'yinlarida maydonga tushdi, biroq klublar o'rtasidagi JCHda zaxira o'rindig'ida qoldi. SHu narsa ham germaniyalik posbonga yoqmadi. So'nggi vaqtlarda unga vatandoshi ustozlik qilayotgan "Liverpul" tomonidan qiziqish bo'layotganligi haqida xabarlar ko'paydi. Ko'ramiz, balki ikkinchi darvozabon bo'lishdan zerikkan posbon "qizillar" safiga borib qo'shilar...



Sandro Ramires


"Barselona" - "Tottenxem"

Transfer summasi: 5 million evro

Sandro Ramires - "Barselona"ning iqtidorli yosh futbolchilaridan biri. U Messi jarohat olgan paytda maydonga tushdi va o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Biroq, argentinalik futbolchi safga qaytishi bilan Sandro yana zaxiraga qaytdi. Unga hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan "Tottenxem" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.



Jekson Martines


"Atletiko" - "CHelsi"

Transfer summasi: 30 million evro

Britan va ispan matbuotida Jekson Martinesning "CHelsi"ga o'tishi haqida ko'p yozishmoqda. Barchaga malumki, "CHelsi" va "Atletiko" o'rtasida anchadan beri hamkorlik rishtalari o'rnatilgan. Agar Martines "CHelsi"ga o'tadigan bo'lsa, Diego Kosta qarama-qarshi yo'nalishda Madridga qaytishi mumkin.



Sesk Fabregas


"CHelsi" - "Real"

Transfer summasi: 50 million evro

Fabregas o'tgan mavsumda "CHelsi"ning eng yaxshilaridan biri bo'lgandi. Biroq, Sesk ushbu mavsumda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Uni hattoki Mourinoning ketishida "tashabbus ko'rsatganlikda" ayblashdi. Agar Rodriges "Real"dan ketadigan bo'lsa aynan Fabregas "qirollik klubi"da uning o'rnini egallashi mumkin. CHunki, Benites jamoa tarkibida ushbu yarim himoyachini ko'rishni istamoqda.



Denis Suares


"Vilyarreal" - "Barselona"

Transfer summasi: 25 million evro

Denis Suaresning "Vilyareal"da namoyish etayotgan o'yinlari "Barselona" diqqatini tortmay qolmadi. Yanvardan Arda Turon va Aleyks Vidallarni o'ynatish huquqiga ega bo'ladigan "Barsa"ga Suares ham zarar qilmaydi.



Janelli Imbula


"Portu" - "Valensiya"

Transfer summasi: 16 million evro

Barchaga malumki, bugungi kunda "Portu" top-klublarga kuchli futbolchilarni etkazib beruvchi "fabrika"lardan biriga aylangan. Janelli Imbulaning ko'rsatayotgan o'yinlari "Valensiya" skautlarining qiziqishiga sabab bo'lgan. "Ko'rshapalaklar" futbolchining narxi ko'tarilib ketmasidan uni o'z saflariga qo'shib olish istagidalar.



Mark Bartra


"Barselona" - "Sevilya"

Transfer summasi: 12 million evro

Mark Bartra Evro-2016 o'yinlarigacha o'yin amaliyotiga ega bo'lishi zarur bo'lgan futbolchiga zaxira o'ridig'iga mixlanib qolish yarashmaydi. "Sevilya"da esa unga vaqt berilishi mumkin. Andalusiyaliklar jarohat olgan Marko Androeollining o'rniga futbolchi izlamoqdalar.



Augusto Fernandes


"Selta" - "Atletiko"

Transfer summasi: 6 million evro

Diego Simeone aynan mana shu futbolchi evaziga markazdagi muammolarni bartaraf etmoqchi. Xabar qilinishicha, madridliklar futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishib bo'lganlar. Faqatgina, transfer oynasi ochilishini kutish qolgan holos.



Juzeppe Rossi


"Fiorentina" - "Betis"

Transfer summasi: 12 million evro

Og'ir jarohatdan forig' bo'lib maydonga qaytgan Juzeppe Rossi "Fiorentina"ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Demak, uning oldida yana Ispaniyaga qaytish varianti qolmoqda. Unga "Betis" tomonidan qiziqish bor.


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика