Xames Rodriges: "Rossiyadagi JCH-2018da Kolumbiya yarim finalgacha boradi deb umid qilaman"
16 okt 2017 16:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/283292_original.jpg)
![](/upload/storage/283292_220.jpg)
Xames Rodriges: "Rossiyadagi JCH-2018da Kolumbiya yarim finalgacha boradi deb umid qilaman"
"Bavariya" va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges 2018 yil Rossiyada o'tadigan jahon chempionati haqida fikr bildirdi.
"Jahon chempionatida ishtirok etish maqsadi meni jahon Kubogini yutish orzusiga yaqinlashtirdi. Bu qiyin, ammo orzular aynan shuning uchun kerak.
Gollarimga keladigan bo'lsak, eng zo'rlari 2014 yilgi mundialda Urugvay va JCH-2018 saralashida Peru darvozalariga urilgan. Birinchisida Kolumbiya chorak finalga chiqqan, hozir esa Rossiyadagi jahon chempionatiga. Ko'plab muhim gollar urishga umid qilaman.
Ikki marta Rossiyada bo'lganman va ikki safar ham sovuq edi. JCH yarim finaligacha borishga umid qilaman. CHempionatni yaxshi o'tkazmoqchiman" - deydi Xames.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar