Xames Rodriges Kopa Amerikaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
15 iyu 11:54
Yangiliklar
Xames Rodriges Kopa Amerikaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
U 6 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.
Bugun Florida shtatining Mayami shahridagi "Xard Rok" stadionida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari to'qnash kelgan Amerika Kubogi-2024 finali yakunlandi.
Argentina terma jamoasi qo'shimcha bo'limlarda Lautaro Martines tomonidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozondi va bu jamoaga turnir chempioni unvonini keltirdi.
33 yoshli kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges 2024 yilgi Amerika Kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Xames shu paytga qadar Kolumbiya terma jamoasi safida 107 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol va 33 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
07:56
JCH-2026 saralash. Braziliya va Kolumbiyada yirik g'alabalar. Urugvayda esa yana g'alaba yo'q 1
Fikrlar