Xames Rodriges futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin
20 may 2019 16:47
Yangiliklar


Xames Rodriges futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin
"Bavariya" xavbeki Xames Rodriges tez-tez sog'ligi bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda.
SHuning uchun u Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida ishtirok eta olmasligi mumkin. Kolumbiyaliklar bosh murabbiyi Karlush Keyrush 27 yoshli futbolchini 40talik tarkibga kiritgan, ammo yakuniy ro'yxatdan 23 futbolchi joy oladi va u erda Xames bo'lmasligi mumkin. Murabbiy futbolchining holatini o'rganib chiqadi va u jarohatidan to'liq forig' bo'lsagina uni yakuniy tarkibga kiritishi mumkin.
Bundan tashqari, jarohatlar futbolchining faoliyatini yakunlashiga ham olib kelishi mumkin.
Xames yakunlangan mavsumda Bundesliga doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assistni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar