Xames mavsum so'ngida “Bavariya”ni tark etadigan bo'ldi

Futbolchi o'z qarorini klub rahbariyatiga ma'lum qildi.

Xames mavsum so'ngida “Bavariya”dan kyetishga qaror qildi. Futbolchi 2017 yilda Realdan ijara asosida Myunxen klubiga o'tgandi. Ikki yillik ijara kelishuvi 2019 yil yozida yakuniga etadi. “Bavariya” futbolchini 40 mln evroga sotib olish huquqiga ega, biroq Xames klubdan kyetishga qaror qildi.

Joriy mavsum kolumbiyalik futbolchi 13 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


Manba: Marca