Xames faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchi ekanligini aytdi
03 dek 2018 22:26
Yangiliklar
Xames faoliyatini qaysi jamoada davom ettirmoqchi ekanligini aytdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges Myunxen jamoasida qolishni istaydi.
"Bavariya"da muammolar juda kam. O'yin amaliyoti kam bo'lgan taqdirdagina bu erdan ketishim mumkin. Ammo Myunxenda qolishni istayman. Jamoaning muxlislari menga ishonayotganini his qilyapman", - dedi Xames.
Xamesning "Bavariya"dagi ijara muddati ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Oldinroq myunxenliklar futbolchini 42 mln evroga sotib olishni istamayotgani borasida malumotlar tarqagandi.
Fikrlar