Xames Angliyaga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018, 11:55
Kolumbiya termasi yarim himoyachisi Xames Rodriges JCHning 1/8 finali doirasidagi Angliyaga qarshi bahsda qatnashmasligi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, ayni damda futbolchining jismoniy holati yaxshi emas. Shu boisdan ham u borasidagi qaror bugun qabul qilinadi. Kolumbiya FF uning o'yinga tushmasligini istamoqda.

Kolumbiya - Angliya uchrashuvi 3 iyul kuni Moskvada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo