Xalqaro turnir. Bugun O'zbekiston U23 Slovakiya U21ga qarshi o'ynaydi
25 mar 2021 10:28
Yangiliklar
Xalqaro turnir. Bugun O'zbekiston U23 Slovakiya U21ga qarshi o'ynaydi
Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U23 jamoasi bugundan etiboran Turkiyada tashkil etilayotgan xalqaro turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Kecha Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlar terma jamoamiz 1-tur uchrashuvi oldidan Antalya shahrida rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.
Yoshlarimiz bugun “Antalya Cup 2021” turniri doirasida Slovakiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs O'zbekiston vaqti bilan soat 19.00 da start oladi.
“Antalya Cup 2021” xalqaro turniri
Antalya, Turkiya
1-tur | 25.03.2021, 19.00
O'zbekiston U23 – Slovakiya U21
Fikrlar