So’nggi yangiliklar

22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0

Xalqaro Press-klub raisining muxlislarga murojaati Yangiliklar

Xalqaro Press-klub raisining muxlislarga murojaati

Teglar :  Xalqaro press-klub
Xabaringiz bor, 21 iyun kuni O'zbekiston futbol federaciyasi va milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokida savol-javob anjumani o'tkaziladi.

Assalomu alaykum!
Hurmatli futbol ishqibozlari.

Xabaringiz bor, ertaga Xalqaro Press-klubda sport olami, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag'ishlangan anjuman bo'lib o'tadi. So'nggi haftada O'zbekiston milliy terma jamoasining Eron terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yin natijalari qizg'in muhokama qilinmoqda.

Biz futbol shinavandalarining hissiyotlarini hurmat qilgan holda va to'planib qolgan savollariga javob berish uchun istisno tariqasida, Sizlarning bizga ko'p minglik murojaatlaringizni inobatga olgan holda, navbatdan tashqari matbuot anjumannini belgiladik.

Lekin, men bugun tashvishga solayotgan bazi bir fikrlar haqida do'st sifatida o'rtoqlashmoqchi edim.

Birinchidan, Xalqaro Press-klub O'zbekiston Futbol Federaciyasi 15 iyun kuni tarqatgan press-relizni yana bir bor o'qib chiqishni tavsiya etadi. CHunki unda ko'p savollarga javob bor.

Ikkinchidan, Xalqaro Press-klub o'z hududida futbol mutassadilari shaxsiyatini ishtrokchilar tomonidan taxqirlanishiga va xaqoratlanishiga yo'l qo'ymaydi. Asosiy niyatimiz - futbol olamida bo'layotgan turli fikrlar va mish-mishlar, qarama qarshi fikrlarga batafsil oydinlik kiritish.

Uchinchidan, yo'l qo'yilgan xatolar, hozirgi yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib to'g'ri xulosa va ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan. Zotan, biz muxlislarni ko'r ko'rona fanatizmdan holi bo'lishga chaqirib qolamiz.

To'rtinchidan, Biz yutqazdik. Lekin bu mag'lubiyatning ichki nafis olamimizni buzuvchi g'azabli tahlilidan kura, O'zbek futbolining ertangi kunini: 5-10 yildan keyingi holatini tahlil kilish va tavsiyalar ishlab chiqishimiz muhimroq.

Xalkaro Press klub formatiga ko'ra, biz “sariq matbuot” uchun sensaciya yaratish yoki aybdorlar izlash maqsadidan yiroqmiz. Aksincha, kelajakda ijobiy natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratish yo'lidagi ochiq muloqot tarafdorimiz. Iltimos, ulug' ayyom kunlari bir birimizga hurmatimizni va odobni saqlaylik.

SHerzodxon Qudratxodjaev
Xalqaro Press-klub raisi

Reyting: -75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика