So’nggi yangiliklar

21:00ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланмоқда  7 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  2 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  4 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  5 19:19Футболчиларни сотиб ололмаётган "Барселона" эркин агент топди, аммо яна битта муаммо бор  3 19:11Де Росси Элдор Шомуродовнинг фаолиятидаги нечанчи мураббий?  3 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   8 17:35БУМ! Рамос ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтмоқда. У энди Роналду ва Бенземага қарши ўйнайди  4 16:59ЖЧ-2026 саралаши: Қирғизистон терма жамоасига яна икки нафар футболчи чақирилди  0 16:40Бугун ЕЧЛ қуръаси. Янги формат ва қуръа механизми қандай?  10 16:25Яна бир футболчи ТОП клубларнинг таклифига қарамай, фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиришга қарор қилди  1 16:14"Арсенал" трансфер ойнасининг охирги куни Германия термаси етакчиси билан шартнома имзоламоқчи  8 15:48Килиан Мбаппе Месси ҳақида: "Бу "митти" мен учун "GOAT" эмас"  9 15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  42 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  2

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Xo'jand" 3:3 Yangiliklar

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Xo'jand" 3:3

SHu kunlarda ko'hna va navqiron Qo'qon shahrida bayram shukuhi hukmronlik qilmoqda. Qo'qonda “Xalqaro hunarmandlar festivali” bo'lib o'tmoqda.

Ushbu festival doirasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Unda O'zbekiston va Tojikiston futboli vatani hisoblanadigan “Qo'qon-1912” va “Xo'jand” jamoalari maydonga tushishdi.

Bugungi uchrashuvni ochib berish uchun so'z - "Qo'qon-1912" futbol klubi prezidenti Baxtiyor Tolipovga berildi. Klubimiz prezidenti tomonidan "Xo'jand" jamoasi ijrochi direktori Murojon Umarov va bosh murabbiy Vitaliy Levchenkoga zarbof chopon sovg'a qilindi.

Uchrashuv shiddatli tarzda boshlandi. Har ikki jamoa vakillari ilk daqiqalardan hujumga zo'r berishdi. 10-daqiqada raqiblarimizda hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Biroq Yuriy Zaxarvik qulay vaziyatni qo'ldan boy berdi.

17-daqiqada Suhrob Berdiev jarima maydonchasida yaxshi harakat qildi. Biroq hujumni oxiriga qadar etkaza olmadi.

19-daqiqada o'yinda hisob ochildi. Futbolchilarimiz ijrosidagi ajoyib kombinaciyasidan keyin SHahboz Erkinov raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

22-daqiqada Suhrob Berdievning zarbasi xo'jandliklar darvozasiga borib tushdi. Ikkinchi golni o'tkazib yuborgach, mehmonlar biroz jonlanishdi va darvozamiz oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq ularning barcha harakatlari samarasiz yakunlandi.

37-daqiqada Berdiev-Erkinov-Ahmadov kombinaciya chiroyli ko'rinish oldi. So'nggi zarba birozgina noaniq bo'ldi.

40-daqiqada Suhrob Berdiev raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi. Raqib posboni ajoyib o'yin namoyish etib to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

44-daqiqada darvozamizga penalti belgilandi. Raqib hujumini qaytish chog'ida Murod Xolmuhamedov jarima maydonchasi ichida raqib o'yinchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Penaltini esa Dilshod Vosiev aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limni shiddatli hujumlar ostida boshlagan vakillarimiz 56-daqiqada hisobni oshirishdi. Bu safar zaxiradan maydonga tushgan Timur Usmonov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. 65-daqiqada futbolchilarimiz jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Iqbol Malikjonovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi. 

69-daqiqada Timur Hakimov hisobni yana bittaga oshirishi mumkin edi. Uning zarbasi muxlislarni hayajonga soldi. 74-daqiqada mehmonlar hisobni o'zgartirishdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Parviz Aliev darvozamizni ishg'ol etdi. 80-daqiqada “Xo'jand” futbolchilari yana penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi. Bu gal Jasur Yoqubov qoidani buzdi. 

Oybek Abdug'afforov penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Uchinchi gol muallifi – Dilshod Karimov bo'ldi.
SHu tariqa xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi jangovor durang bilan yakuniga etdi.


Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Xo'jand” – 3:3 (2:1)
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, SHoxrux Azamov, Akmal Rahimov.
Komissar: Akramjon Mamadaliev.
Gollar: SHaxboz Erkinov (19), Suhrob Berdiev (22), Timur Usmonov (56). - Dilshod Vosiev (44 pen), Parviz Aliev (74), Dilshod Karimov (93).
Amalga oshirilmagan penalti: Oybek Abdug'afforov (80).
“Qo'qon-1912”: 1. Islom Abdullaev (33. Muzaffar Abdullaev – 46) 7. Jamshid Hasanov (72. Alisher Samatov – 35), 11. Timur Xakimov, 14. Avaz Mamatxo'jaev (16. Jasur Hasanov -46), 15. Oybek Rustamov, 17. Jahongir Ahmadov (9. Zafar To'raev – 46), 19. Suhrob Berdiev (21. Timur Usmonov -46), 20. Iqbol Malikjonov, 22. SHahboz Erkinov (91. Otabek Haydarov – 46), 65. Marko Milich (27. Jasur Yoqubov -46), 70. Murod Holmuhammedov.
Zaxira: 12. Muhammadali Sobirov, 4. Sobit Sindarov, 29. Doniyor To'lashev.
“Xo'jand”: 16. Muqim Godoyboev, 2. Baxtiyor CHoriev, 8. Tursunali Rustamov, 14. Oybek Abdug'afforov, 17. Dilshod Vosiev (10. Dilshod Bozorov - 46), 21. Firdavs CHakalov, 23. Dilshod Karimov, 45. Yuriy Zaxarkiv (18. Parviz Aliev – 71), 63. Saidxuja Muxammadsharifi, 73. Alisher Barotov.
Zaxira: 1. Daler Barotov, 4. Parviz Boqiev, 6. Ilsur Samigulin, 25. Abdusamad Samadov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика