So’nggi yangiliklar

00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov taklifiga ko'ra Toshkentga keladi Yangiliklar

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov taklifiga ko'ra Toshkentga keladi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko'ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanda bo'lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko'rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko'tarilayotgan O'zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashish borasida kelishib oldi.

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo'ladi. Bungacha Bax 2015 yil O'zbekistonga kelgan bo'lib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bo'lgandi.

Biroq o'tgan ikki yil davomida O'zbekiston sportida katta o'zgarishlar boshlandi. Xususan, O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakat sportni tubdan isloh qilish masalasini kun tartibiga qo'ydi. Orada O'zbekiston futbol federaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasida rahbariyat almashdi.


Umid Ahmadjonov MOQ prezidenti etib saylangach, Tomas Bax birinchilardan bo'lib tabrik maktubi yo'llagandi. Endi martabali mehmonda yangi bosqichga chiqayotgan O'zbekiston sporti borasidagi tasavvurlarni yanada boyitish uchun amaliy imkoniyat bo'ladi.

MOQ faoliyati ham O'FA singari zamonaviy talablar asosida tashkil etiladi. Ayni vaqtda futbol mutaxassislari, hakamlari va murabbiylari Ispaniya, Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar kabi rivojlangan mamlakatlarda ish tajribasini o'rganayotgan bo'lsa, kelgusida qolgan sport turlari mutaxassislarining faoliyatiga ko'maklashish maqsadida, ular ham ish o'rganish uchun rivojlangan xorij mamlakatlariga yuboriladi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика