So’nggi yangiliklar

10:31Ёзда шартномаси тугайдиган Салоҳга иккита ТОП клуб қизиқиш билдирмоқда  1 09:56"Арсенал" академияси тарбияланувчиси 14 йилга қамалди  1 09:50Суперлига 18-тур баҳсларининг ҳакамлари маълум. "Навбаҳор" - "Насаф" учрашувини Аҳрол Рисқуллаев бошқариб боради  1 09:22Футзал. Ливия терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 08:50УзПФЛ. Ойнинг барча соврини ҳам «Насаф» аъзоларига насиб этди  4 08:36Жалолиддин Машарипов: "Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим бир вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  11 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  2 07:47ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина ва Бразилияда мағлубият, Уругвай эса дуранг ўйнади  4 07:26Про лига. Бугун иккита учрашув бор  0 07:10ЖЧ-2026 саралаши. БАА - Эрон 0:1, Махаллийлаштирилган ўйинчиларнинг Эронга "тиши ўтмади"  0 02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  5 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  13 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  16

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi sessiyasining futbolga tasiri yoxud "Dinamo"ning 3ta g'alabasi Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi sessiyasining futbolga tasiri yoxud "Dinamo"ning 3ta g'alabasi

Futbol millionlar o'yini, xalqni jipslashtiruvchi aynan shu sport turi hisoblanadi.
O'zbek futbolida har bir mintaqada futbol o'ziga xos tarzda rivojlangan, o'z anana va tarixi bor. Toshkent klublari muvaffaqiyatida poytaxtning qudratli iqtisodiy imkoniyatlari tasir doirasiga ega bo'lsa, hududlarda mahalliy klub rivojida viloyat rahbarlarining futbolga bo'lgan qiziqishi asosiy ahamiyatga ega bo'lib kelgan.

SHu manoda Farg'onaga Mirzajon Islomov rahbarlik qilgan paytlarda “Neftchi” jamoasi yurtimiz miqyosida olamshumul yutuqlarga ega chiqib, to'rt karra chempionlikka erishdi. Kuchli klub sifatida shakllandi. Namangan futbolining yulduzli onlari viloyatga Burgutali Rapig'aliev hokimlik qilgan davrga to'g'ri kelib, aynan o'sha yillar “Navbahor” O'zbekiston chempioni, uch bora mamlakat kubogi sohibi bo'lgan. Huddi shunday misolni Qashqadaryodan ham topa olamiz. Nuriddin Zayniev neft va gazga boy bu viloyatni boshqargan paytlarda vohaning bir emas, ikki klubi – “Nasaf” va “Mashal” mahalliy doiradagi muvaffaqiyatli o'yinlari bilan birga o'zbek futboli dovrug'ini ozmi-ko'pmi Osiyo arenasida munosib himoya qila oldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Zamon o'zgarmoqda, endi boshqaruvni jahon standartlariga o'tkazishni davrning o'zi talab qilmoqda. SHunday ekan, hozirgi kunda nafaqat mahalliy rahbarlarning millionlar o'yiniga qiziqishi,  balki klubda futbolni tushungan va klubga sadoqati baland bo'lgan boshqaruvchining mavjud bo'lishi ham talab etilmoqda.
 
Samarqand futbolida aynan shu  ikki omilning uyg'unligini taminlangani, “Dinamo”ning bugungi muvaffaqiyatlari asosi bo'lib xizmat qilayotgan tayin. O'n kun ichida jamoaning uch g'alabaga erishib, musobaqa jadvalini boshqarib turgani bunga yorqin misoldir. Uyg'unlik nimadan iborat ekan deb o'ylagan bo'lishingiz tabiiy. Buni tushuntiradigan bo'lsak, viloyat va shahar hokimining fubolga bo'lgan munosabati alo darajadaligini nafaqat klubdagilar, balki mahalliy  muxlislar ham tasdiqlab turishibdi. Sevimli jamoasiga jon kuydirgan ishqiboz esa hech qachon aldamaydi. Bunga qo'shimcha omil sifatida jamoa  bosh menejeri sifatida o'zbek futbolining yorqin yulduzlaridan biri Ilhom SHaripovning ish olib borayotganini takidlashni o'rinli deb hisoblaymiz. CHunki SHaripov futbolchilik paytida ham maydonda jonkuyarligi bilan ajralib turardi. SHu sabab u qaerda o'ynamasin, “Navbahor”dami, “Dinamo”dami, ko'pincha sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan. Aynan  u kabi mutaxassislar nafaqat Samarqand, balki o'zbek futboliga katta foyda bera oladi.



3 mart kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining o'ttiz to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Viloyat hokimi Himmat Oqbo'taev boshqargan sessiyada “Samarqand viloyatida futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi masalalarni ko'rib chiqildi. Aynan yig'ilish o'tayotgan onlarda “Dinamo” Bekobodda “Metallurg”ni ikki to'p bilan mag'lub etib qaytdi. Oradan besh kun o'tib “dinamo”chilar o'z maydonlarida “SHo'rtan”ni  3:0 hisobida engishdi. G'alabali yurishning kulminaciyasi Toshkentda qayd etildi. Samarqandliklar “Paxtakor”ni so'nggi marta bundan 17 yil burun, 2000 yilda safarda mag'lub etishgandi. Kecha ular haqiqiy qahramonlik ko'rsatib, “sherlar”ni bir to'p farqi bilan engishdi.  

O'yindan so'ng “Dinamo” bosh murabbiyi Oleg Tyulkin “g'alabadan sarmast bo'lib osmonga uchib ketmaymiz, bugungi g'alaba tarixda qoldi, mehnat qilishda davom etamiz”, degani muxlislarga o'ziga xos dalda bo'lgani tabiiy xol. CHunki jamoaning to'liq yig'ilganiga hali bir oy ham bo'lmadi. SHunday bo'lsada, ularning 10 kun ichida uchta g'alabaga erishishlari ajoyib natijadir. “

Bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimiz va rahbariyatimizga katta rahmat! Biz yoshlarimizga ishonishda va muxlislarimizni xursand etishda davom etishga intilamiz” -  deydi murabbiy.
 
Navbatdagi turda “Dinamo” uchun haqiqiy sinov bo'ladi. CHunki 31 mart kuni ular “Navbahor” mehmoni bo'lishadi. Bu o'yin har ikki tomon uchun katta ahamiyatga ega.  Namangan futbolida ham muxlislarni quvontiradigan bir qator islohotlar amalga oshirilayotgani, qolaversa, mezbon bo'lgan o'yinlarda namanganliklar uncha-muncha jamoaga ochko bermasliklarini ko'pchilik yaxshi biladi. Bundan tashqari, jamoada sport direktori sifatida futbolimiz yorqin yulduzlaridan biri, muhimi mahalliy mutaxassis Anvar Soliev ishlamoqda. Soliev va SHaripov 1996 yilda “Navbahor” safida, keyinchalik esa “Paxtakor” safida birga to'p surib, ko'p bor chempionlik nashidasini surishgan. Ikki klub mutasaddisining o'zaro to'qnashuvi  o'ziga xos intriga kasb etishi tayin.


Anvar Ikromov


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика