So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

Xaloskormi yoki xoin? Yangiliklar

Xaloskormi yoki xoin?

Bugungi Interning eng yorqin va bosh yulduzi, mashhur janjalkash, afsonaviy Diego Maradonaning dushmani, o'tmishi shubhali bo'lgan moskvalik ayolning eri va mijozi, Argentina terma jamoasi uchun keraksiz superhujumchi - bu tasniflarning barchasi Mauro Ikardiga tegishli...

 Argentina termasi oktyabr oyida, aniqrog'i 12-sanaga o'tar kechasi o'ta ayanchli holatga tushib qoldi. 2 marta jahon chempioni maqomiga erishgan shonli jamoa mundial saralash bosqichlari tarixida o'z maydonida ilk marta Parag-vay termasidan engildi - 0:1. Oqibatda, albiselestlar KONMEBOL hududidagi saralash turniri jadvalida 5-o'rindan yuqoriga ko'tarilolmadilar. Umuman, bu mag'lubiyat argentinaliklarni Rossiya mundiali yo'llanmasiga bog'liq umidlarini xavf ostida qoldirdi. Eh, Leo Messining o'rni bilindi, - deyishdi ayrim muxlislar alam bilan. SHuningdek, Serxio Aguerodek hujumchi penaltidan gol urolmadi-ya, Di Mariyaning zarbasiga darvoza ustuni to'g'anoq bo'lganiga nima deysiz? qabilidagi afsuslanishlar ham quloqqa chalindi. SHular qatorida fanatlar Interda ajoyib o'ynayotgan Mauro Ikardini ham eslashdi, albatta: Jamoaga tobora yorqin nur sochayotgan Ikardini ham taklif etish mumkin edi-ku. Ha, o'sha alamli oqshom Mauroning quloqlari rosa qizigan bo'lsa, ajabmas. Harqalay, argentinalik ko'plab muxlislar uni eslagancha tunni tongga uladilar.

DE BUR XALOSKORI


Darhaqiqat, Interning 23 yoshli hujumchisi hozirda A seriyasining eng yorqin yulduzlaridan biridir. U bilan tengma-teng raqobatlashishga faqat Yuventusdagi vatandoshi Gonsalo Iguain, shuningdek, Janluiji Buffon va Franchesko Tottidek faxriylar jazm etishlari mumkin. Mauro oxirgi ikki mavsumni tegishlicha 27ta (22tasi A seriyasida) va 16ta gol bilan yakunlagandi. Joriy chempionatdagi ishlari ham chakki emas, garchi shaxsiy avtobiografiyasida klub fanatlarini ranjitadigan gaplarni yozgan, oqibatda o'rtadagi munosabatlar buzilgan bo'lsada. Umuman, uning Interdagi mavqei beqiyos. Keling, yaxshisi, jamoaning Mauro Ikardisiz va u bilan qanday natijalar qayd etganiga alohida etibor qarataylik:

Mauro Ikardisiz - Inter ELda nisbatan past saviyali Xapoelga o'z maydonida va Spartaga safarda imkoniyatni boy berdi (tegishlicha 0:2 va 1:3 hisoblarida) va o'z guruhida so'nggi o'rinni band etib turibdi. To'g'ri, argentinalik goleador mazkur bahslarning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi, biroq vaziyatni o'nglashga ulgurmadi, baribir.

Mauro Ikardi bilan - neradzurralar sentyabrda amaldagi chempion Yuventus  ustidan haqli ravishda g'alaba qozonishdi. Etiborlisi, keksa sinoraga qarshi bellashuvda hisobni aynan  argentinalik hujumchi ochdi, keyin uning o'zi zargarona aniqlikdagi uzatmasi bilan Perishichning g'alaba goliga assistentlik qildi. Aytish kerak, Ikardi shu samarali harakatlari bilan Frank de Burni barvaqt istefodan qutqarib qoldi. CHunonchi, Interning xitoylik sohiblari yozda portugaliyalik Joau Mariu uchun 40 mln., braziliyalik Gabriel Barboza uchun 30 mln., italiyalik Antonio Kandreva uchun esa 25 mln. evro sarflashdi va tabiiyki, yangi xaridlar samarasini sabrsizlik bilan kutishayotgandi. Qisqasi, jamoa agar  Yuventusni engolmaganida, ular gollandiyalik mutaxassisni ayab o'tirishmasdi. Ikardining samaradorligi evaziga azaliy raqib ustidan erishilgan g'alaba esa startda boy berilgan ochkolar alamini biroz yuvib yubordi.

RAFIQASI - SUPERAGENT...

 Inter rahbariyati 7 oktyabr kuni Ikardi bilan o'rtadagi shartnoma muddati  2021 yilga qadar uzaytirilganini malum qildi. Unga ko'ra, hujumchi har  mavsum uchun 5,5 mln. evro miqdorida maosh oladi. Italiyada faqat ikki nafar futbolchi - Gonsalo Iguain (7,5 mln.) va Roma faxriysi Daniele de Rossi (6,8 mln.) uchun belgilangan gonorar bundan baland, xolos. Ikardini qaysidir jamoa o'z tarkibiga qo'shib olishni istagan taqdirda esa, uning Inter g'aznasiga  naq 110 mln. evro to'kishiga to'g'ri keladi. Zero, yangi shartnomada ko'rsatilgan tovon puli miqdori shuncha. Etiborlisi, klub bilan muzokaralarni hujumchining rafiqasi Vanda Nara olib bordi. Yashirmayman, turmush o'rtog'im uchun mo'may daromadni taminladim. Yozda Inter sport direktori Pero Ausilioni Mauroga ko'plab klublardan chorlovlar bo'layotgani haqida ogohlantirgan edim. U mendan o'sha takliflarni ko'rsatishimni so'radi. SHunda PSJ, Napoli va Tottenxem jamoalaridan kelgan hujjatlarni taqdim etdim. SHuningdek, Yuventus Iguain yoki Ikardini xarid qilishni o'ylayotganini qo'shimcha qildim. Ke-yinroq Real bilan muzokaralar boshlandi va bu jarayon uzoqqa cho'zildi. Farzandlarim haqqi qasam ichib aytamanki, Mauroning bu muzokaralardan xabari yo'q edi. CHunki u futboldan boshqa narsa haqida o'ylashni ham istamasdi. Umuman, biz avvaliga hech qaerga ketish niyatida emasdik. CHunki yaqindagina Milandan uy sotib oldik. SHu sababli, Inter barcha takliflarni o'rgana boshlaganida, biroz xavotirlandim. Xayriyatki, yakunda o'zaro kelishuvga erishdik,-dedi Naro xonim shartnoma rasmiylashtirilganidan so'ng.

YOMON TARIXLI...


Xullas, Mauroning klubdagi ishlari joyida. Ammo yuksak saviyadagi superhujumchini hamon Argentina terma jamoasiga taklif etishmayapti. U faoliyati davomida o'z mamlakati bosh jamoasi sharafini atigi bir marta himoya qilgan - 2013 yilning oktyabr oyida. Adolatsizlik - hayotning bir qismi..., - deb yozgandi Nara sentyabr oyi oxirlarida Edgardo Bausa Argentina milliy jamoasining Peru va Paragvay termalariga qarshi bahslar uchun tuzilgan tarkibini elon qilganidan keyin. Darhaqiqat, o'shanda ham ro'yxatda Mauroga joy topilmadi. Vaholanki, Lionel Messi jarohatlangan va bo'sh joy bordek ko'ringandi. Biroq shu holat ham Ikardiga naf bermadi - murabbiylar River Pleyt vakili Lukas Alario nomzodini afzal ko'rishdi.

Buning boisi nimada? Nimada emas, kimda?! Birinchi navbatda, futbolchining rafiqasida. CHunonchi, Vanda ko'pchilik uchun tarbiyasi buzuq yoqimsiz ayoldir. U agentlik maqomiga ham birdaniga erishgani yo'q. Bundan 3 yil avval xushqomat mallasochning anchayin ochiq fotosurati Italiya sport nashrlari sahifasidan joy olganida ham, uning futbolga uncha daxli yo'q edi. Vaqtida modellik, raqqosalik va aktrisalik bilan shug'ullangan ayol 3 nafar farzandining otasi -  Maksi Lopesdan voz kechib, Ikardi bilan muhabbat qissasini boshlagani katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. O'shanda 20 yoshli Mauroning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari hamda Vandaning tasviri tushirilgan tatiurovkasi jamoatchilik o'rtasida rosa muhokama qilingandi. Ochig'i, hujumchi bu xatti-harakatlari, yani 3 nafar farzand onasiga ko'ngil qo'yishi bilan hattoki, Inter muxlislari nafratiga uchradi. Tabiiyki, argentinaliklar ham unga boshqacha qaray boshladilar.

MARADONA SIRA KECHIRMAYDI

Betakror Diego Maradona ham ushbu voqealarga jim qarab turmadi. Ikardi - xoin. U Maksi Lopesning uyiga do'st sifatida borib yurgancha yakunda xotinini o'g'irlab ketdi. Bilasizmi, bizning davrda bunday yaramas qabihlarni nima qilardilar? Maydonning o'rtasiga tushirib qo'yib, toshbo'ron ostida qoldirardilar - voqea futbol qirolini chindam ham, g'azab otiga mindirgandi. Aytgancha, futbol jamoatchiligi Vanda haqida ilk marta 2006 yili, uning aynan ...Maradona bilan munosabati haqidagi mish-mishlar avjiga chiqqan payt eshitgandi. Aytish o'rinli, daho va Ikardi o'rtasidagi dahanaki jang hozir ham davom etmoqda. Xususan, 10 oktyabr kuni Rimda Vatikan tomonidan tashkil etilgan xayriya uchrashuviga bag'ishlangan matbuot anjumanida Diego shunday dedi: Ikardini Argentina terma jamoasiga chaqirishadimi-yo'q, buni bilmayman. O'zi men xoinlarni muhokama qilishni istamayman. Biz er yuzida tinchlik hukm surishiga hissa qo'shish uchun uyushtirilgan uchrashuv tufayli to'plandik. Mauroning esa tinchlikka hech qanday aloqasi yo'q. O'z navbatida, Ikardi ham jim turishni istamadi va o'sha kuniyoq Maradonaga javob qaytardi: Diegoning buyuk futbolchi bo'lganligi haqiqat. Biroq u maydon tashqarisida hech qaysi sohada ibrat ko'rsatolmaydi. Aslida bemaza haqoratlariga etibor ham bermasdim. CHunki bunday bemani gaplarini ko'p marta eshitganman. Ammo endi quyushqondan chiqib ketmoqda....

SEVISH KERAKMI YOKI NAFRATLANISH?

Argentina terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyiga havas qilib bo'lmaydi. Axir Ikardini taklif etish yoki etmaslik - anchayin jiddiy masala. Tarozining bir pallasida maftunkor va samarali futbol turibdi. Boz ustiga, Mauro hozirgi asosiy hujumchilar - Aguero, Messi va Iguaindan ancha yosh va istiqbolli. Jamoaning so'nggi o'yinlarda qayd etgan natijalarini inobatga olsak, navqironlik unga ortiqchalik qilmaydi. Tarozining ikkinchi pallasida esa, futbolchining maydon tashqarisidagi shubhali harakatlari, ortiqcha oliftagarchiligi bor. Misol uchun, Mauro yaqindagina shunday nojo'ya xatti-harakati tufayli naq 30 ming funt turadigan soatidan ayrildi. Aniqroq aytsak, futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali sport mashinasida tushgan fotosuratini ko'z-ko'z qildi va unda qo'lidagi qimmatbaho soat ham yaqqol ko'rinib turardi. Oradan atigi 2 kun o'tgach, Mauro Milan ko'chalaridan birida talonchilarga duch keldi. Xullas, ular futbolchini tunab ketishdi.

Ikardi endi 23 yoshini qarshiladi va  yaqinda uning avtobiografik asari sotuvga chiqarildi. Unda jumladan, futbolchining xotini va agenti bilan qay tariqa tanishgani ham yoritilgan. Mana, o'sha kitobdan olingan iqtibos bilan tanishing va xulosa chiqaring: AQSH safariga otlanishimiz arafasida Vandadan SMS-xabar oldim. Odatda doimo Maksi Lopes bilan muloqot qilishim bois, juda ajablandim. O'qisam, Nara safardan planshet olib kelishimni iltimos qilibdi. O'sha vaqt Italiyada bu buyumni topish amri-mahol edi. Ochig'i,  o'ylanib qoldim: Naraga chindan ham, planshet kerakmi yoki u men bilan tanishmoqchi? Safardan qaytgach, biz uchrashdik va unga so'ragan narsasini topshirdim. SHundan keyin muntazam yozishib turadigan bo'ldik. Bir kuni meni o'z oilasi bilan yaxtada dam olishga taklif etdi. Bunga ijobiy javob berdim. Bizga  Gonsalo Bergessio va rafiqasi hamrohlik qilishdi. Yodimda, sayr chog'i yuqorida musiqa tinglab o'tirgandim. To'satdan qarasam, Vanda ohista kelib, ortimda turgan ekan. Keyin xotirjamlik bilan yonimdan joy oldi. O'sha payt u va Maksi o'rtasiga sovuqlik tushgan ekan...

SE - Sodiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика