Xalk "SHanxay SIPG"dan ketib, Evropaga qaytmoqchi. Unga ikki klub qiziqish bildirmoqda
04 noy 2020 17:37
Yangiliklar


Xalk "SHanxay SIPG"dan ketib, Evropaga qaytmoqchi. Unga ikki klub qiziqish bildirmoqda
"SHanxay SIPG" hujumchisi Xalk faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
34 yoshli futbolchining xizmatlariga "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati braziliyalik o'yinchining agenti bilan ehtimoliy transfer bo'yicha aloqaga chiqishdi.
Xalk Xitoy klubi bilan shartnomasi bekor qilishi yoki uning tugashini kutib, Evropaga qaytishi mumkin. Unga shuningdek sobiq klubi "Portu" ham qiziqish bildirmoqda va ular ham o'yinchining agenti bilan bog'lanishgan.
Xalk "SHanxay SIPG"da 2016 yildan beri o'ynaydi. Hujumchi joriy mavsum Xitoy Superligasi doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol (3tasi penaltidan) urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar