So’nggi yangiliklar

17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  6 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  1 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  2 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  2 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  8 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  3 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 1:3 (онлайн ҳисоб)  16 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  54

Xakimining panenkasi Ispaniyani "ko'mdi" – u Madridda tug'ilgan va barchasini "Real"da o'rgangan, ammo Marokashni tanlagan Yangiliklar

Xakimining panenkasi Ispaniyani "ko'mdi" – u Madridda tug'ilgan va barchasini "Real"da o'rgangan, ammo Marokashni tanlagan

Drama.

Ispaniya terma jamoasining penaltilar seriyasidagi uchinchi omadsizligidan so'ng marokashliklarda ikkita imkoniyat bor edi. To'p yoniga Ashraf Xakimi yaqinlashdi va panenka bilan barchasini yakunladi.



Bu faqatgina Ispaniyaning ketma-ket ikkinchi JCHda penaltilar seriyasi sabab syurpriz jamoaga (2018 yilda Marokash o'rnida Rossiya edi) yutqazishi tufayli dramali vaziyat emas.

Gap shundagi, Xakimi Ispaniyaga qattiq bog'langan. U Madridda tug'ilgan va voyaga etgan, "Real"da unga barchasini o'rgatishgan va katta futbolga olib kirishgan. SHundan so'ng esa klubga kerak bo'lmay qoldi: Xakimi ijara asosida Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynadi, so'ngra "Inter"da, hozir esa PSJ sharafini himoya qilmoqda.


Qanday qilib Xakimi Ispaniyada o'sdi?


Ashraf Madrid atrofidagi Xetafeda Marokashdan kelgan migrantlar oilasida tug'ilgan. Onasi tozalovchi bo'lib ishlagan va uylarga qaragan, otasi esa ko'chalarda savdo qilgan. Qiziqarli jihati, onasiga bolasidagi futbolga bo'lgan ishtiyoq umuman yoqmagan: u o'g'lini dzyudo va suzishga berishga uringan, ammo muvaffaqiyatsiz. Bolaga faqatgina futbol qiziq edi.

Xakimi 8 yoshga to'lganda, oilaviy pochta qutisiga "Real" akademiyasiga saralash taklifi yozilgan xat keldi. Ashraf u erda 10 yil shug'ullangan va "Kastilya"da Zidanning o'g'illari Lyuka va Enco bilan o'ynagan.

Aynan Zidan uni 2017 yilda asosiy jamoaga olgan, ammo himoyaning o'ng qanotida Dani Karvaxal o'ynardi, shu sabab Xakimi faqatgina o'rinbosar roli uchun davogarlik qila olardi. U "Real"dagi yagona mavsumida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushdi. so'ngra ikki yilni Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijarada o'tkazdi.



"Borussiya"dan taklif kelganida bir soniya ham o'ylab o'tirmadim, sababi bu men uchun ananalarga ega katta Evropa klubi edi, – deb tushuntiradi Xakimi. – Men ko'p bora Sariq devor (25 ming kishini sig'dira oladigan "Signal-Iduna-Park"dagi tik tribuna) haqida eshitganman va jonli tarzda ushbu stadiondagi atmosferani his qilishni xohladim".


Nega "Real" Xakimini saqlab qolmadi?


Xakimi "Borussiya"dagi ikkinchi mavsumni aqlbovarqilmas darajada o'tkazdi. U chempionatda faqatgina bitta o'yinni o'tkazib yubordi (sariq kartochkalar yig'ilgani sabab) va mavsumdagi 45ta o'yinda gol+pas tizimida 9+10 jamg'ardi.

Qanday qilib "Real" bunday o'yinchini ortga emas, "Inter"ga qo'yib yubordi? Diario AS nashri bir necha sabablarni keltirdi:

• Xakimi jamoada muhim rolni o'ynashni xohlagan. Zinedin Zidanda himoyaning o'ng qanotida Karvaxal bor edi, Xakimi uning o'rinbosari bo'lishni yoki hatto u bilan o'yin vaqtini bo'lishishni ham xohlamagan.



• Bu borada muhim rolni Antonio Konte o'ynagan. U o'yinchiga uch himoyachi va ikki lateral joylashuvida asosiy tarkibni vada qilgan. Bu hujumga o'tishni sevadigan marokashlik uchun ideal tarzda mos tushadi. U shu sabab 4-3-3da o'ynaydigan "Bavariya"ga transferni rad etdi. Myunxenda ushbu sxema bilan Xakimida mudofaadagi o'yinda muammolar bo'lishini taxmin qilishdi.

• Milanliklar Xakimiga besh mavsumda yiliga 5 million evrodan to'lashni reja qilishgandi – "Real" esa Karvaxalning o'rinbosariga buncha sarflashni xohlamadi. Ha, transfer uchun 43 mln evro – jiddiy mablag'.


Nega Xakimi terma jamoaga kerak bo'lmadi?


Bu erda voqea biroz murakkabroq. Xakimi 17 yoshidayoq Marokash terma jamoasida debyut qilgan va buni Ispaniya terma jamoasida o'zini yaxshi his qilmagani bilan tushuntirgan.

"Yoshlar darajasida aloqalar bor edi, men shuningdek o'zimni sinab ko'rish uchun Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo'lganman, – deydi Xakimi JCH-2022 1/8 finali oldidan. – Men Las-Rosasda ikki kun bo'ldim va bu meniki emasligini tushundim, o'zimni uydagidek his qilmadim. O'z tuyg'ularim sabab rad etdim va Marokash madaniyati menga yaqinroqligini tushundim. Marokash uchun o'ynashni xohladim".

Aytgancha, hal qiluvchi penaltidan so'ng Xakimining raqsiga diqqat bilan etibor berishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy gol nishonlash emas. Buni odatda Amerika futboli o'yinchisi Jeylen Uoddl ijro etadi – u ham Xakimidek juda tez.



Uoddl so'z o'yinlari sabab shunday qiladi. Waddle – nafaqat o'yinchining familiyasi, balki bu inglizcha so'z bo'lib, pingvingning yurishi ("chayqalish"ga o'xshagan narsa) degan manoni bildiradi.



Xakimi shunday chayqalgan holda JCHning chorak finaliga qadar keldi. Ispaniya bilan emas, Marokash bilan.


→ Ispaniya JCHni Evropa terma jamoasi tufayli tark etdi... Nima?!


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика