Xakimining agenti: "Ashraf "Real"ga qaytishiga ishonamiz"
11 iyu 2021 01:15
Yangiliklar
Xakimining agenti: "Ashraf "Real"ga qaytishiga ishonamiz"
PSJ himoyachisi Ashraf Xakimining agenti Alexandro Kamano mijozining "Real"ga qaytish istagi haqida gapirdi.
"Biz umidimizni yo'qotmadik. Ashraf "Real"ga qaytishiga ishonamiz. U Madridda tug'ildi, katta bo'ldi. "Real Madrid"da o'ynash esa uning azaliy orzusi", -dedi agent Kamano.
Eslatib o'tamiz, Xakimi "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar