Xakimi: "PSJ tarkibida buyuk ishlarni amalga oshirmoqchiman"
06 iyu 2021 23:51
Yangiliklar


Xakimi: "PSJ tarkibida buyuk ishlarni amalga oshirmoqchiman"
PSJ klubi bilan shartnoma imzolagan himoyachi Ashraf Xakimi yangi klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Men bu erda bo'lishdan baxtliman. PSJ tarkibida buyuk ishlarni amalga oshirmoqchiman. PSJ - so'nggi yillarda juda tez rivojlanayotgan klub.
Klubga o'tishimdan oldin Pochettino menga o'z qarashlarini, mendan nima kutayotganini tushuntirdi. Bu juda yoqimli suhbat bo'ldi. Men klub uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Olg'a! Parij!", -deydi Ashraf Xakimi.
Eslatib o'tamiz, transfer shartlariga ko'ra, 22 yoshli himoyachi uchun 60 million evro + bonus sifatida 11 million evro to'lanadi. SHartnoma 2026 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Xakimi o'tgan mavsumda 45 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar