Xakimi nega PSJni "Chelsi"dan afzal ko'rganini aytdi

Alisher
25 sen 2021, 15:04
PSJ himoyachisi Ashraf Xakimi yozda nega "Chelsi"ni emas, Parij klubini tanlaganini aytdi.

"Menga "Chelsi" va PSJdan taklif bo'lganida, ichimdan Parijga borishim va u yerda baxtli bo'lishim haqida ichimdan sezgi bor edi. Omadim keldi, kelishimga katta transferlar hamroh bo'ldi", - deydi Xakimi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli marokashlik futbolchi "Inter"dan PSJga 2021 yilning iyulida 60 mln evro evaziga o'tdi.

Ashrafning "Pari Sen-Jermen" bilan tuzgan shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe