Xadson-Odoi klubini almashtiradimi?
02 iyu 2022 20:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707507_original.jpg)
![](/upload/storage/707507_220.jpg)
Xadson-Odoi klubini almashtiradimi?
"CHelsi" xavbeki faoliyatida o'zgarishlar ro'y berishi kutilmoqda.
"The Athletic"ning xabar berishicha, Kallum Xadson-Odoi faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Taxminlarga ko'ra, u nomlari oshkor etilmagan ko'plab Angliya klublari qiziqishlari doirasida.
Xadson-Odoining o'zi faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi, chunki "Stemford Brij"dagi kelajagi bobida uning ishonchi komil emas. U "CHelsi"da asosiy tarkib o'yinchisi emas, shuning uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Xadson-Odoi o'tgan yozda Dortmundning "Borussiya"si yoki "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi, biroq "CHelsi" har ikki holatda ham futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar