Xabib Nurmagomedov o'zbekistonlik muxlislariga rahmat aytdi VIDEO
03 okt 2018 18:31
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov o'zbekistonlik muxlislariga rahmat aytdi VIDEO
Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni (Toshkentda 7 oktyabr ertalab) rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor MakGregorga qarshi jang qiladi.
Xabib Nurmagomedov UFC chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadigan jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Sportchi ushbu jang oldidan qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonlik muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
"Assalomu alaykum. Qo'llab-quvvatlab, muxlislik qilayotganliklari uchun o'zbekistonlik do'stlarimga rahmat. Xudo xohlasa yakshanba kungi jangda oxirigacha kurashamiz", - dedi Xabib videomurojatda.
Videoni TELEGRAMDAGI KANALIMIZda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar